Kutubxonaga sayohat
Agar sinf yoki guruhingiz uchun sayr uyushtirish istagida bo‘lsangiz, marhamat qilib, quyidagi so‘rovnomani to‘ldiring
Rassomlar o‘z shaharlarini qanday tasavvur etishadi? Ular ko‘chalarda, hovlilarda, bozorlarda, daraxtlar soyalarida nimalarni payqaydilar? Jaziramani, tandirdan yangi uzilgan non hidini, kent shovqinini va xonadon hissini tasvirlash mumkinmi?
Ro‘yxatdan o‘tish18-yanvar kuni biz “Salom, Toshkent!” kitobining muallifi va rassomi Yuliya Drobova bilan diydorlashamiz. Kitob qanday yaralishi haqida: bolalik shahri ilhomlantirgan dastlabki eskizlardan tortib, asta-sekin azim poytaxt bo‘ylab katta sayohatga aylanadigan yaxlit hikoyagacha suhbatlashamiz. Yulya alohida chizilgan rasmlardan paydo bo‘ladigan tarix, rassom shahar maromi, uning rangi va nafasini qanday izlashi, shuningdek, nafaqat binolar, balki muhitni — issiq havo, bozor shovqini, mahalla soyasi, vaqt hissini qay tarzda ifodalash xususida so‘zlab beradi. Shahar ruhini qanday his etish va uni chizishga harakat qilish haqida muloqot quramiz. Bundan tashqari, qo‘lda yozilgan shriftlarga: nima uchun rassomlar harflarni qo‘lda chizishi, matn qanday qilib rasmning bir qismiga aylanishi hamda ohang va kayfiyatni yo‘qotmasdan turib bir vaqtning o‘zida uch tilda kitob yozish qanchalar mashaqqatliligi haqida ham to‘xtalib o‘tamiz.
Uchrashuv “City Mall”dagi “Topar” kitob do‘konida bo‘lib o‘tadi.
Muloqotdan so‘ng Yuliya kitoblarga imzo qo‘yadi. Marhamat, kelinglar — shahar, esdalik, rasm va shaxsiy xotiralardan qayta-qayta varaqlagingiz kelaveradigan kitoblar qanday tug‘ilishi xususida suhbat bo‘ladi
Agar sinf yoki guruhingiz uchun sayr uyushtirish istagida bo‘lsangiz, marhamat qilib, quyidagi so‘rovnomani to‘ldiring
Kitob va ko‘rgazma orqali bolalarga Toshkent haqida hikoya qiliamiz
To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz birgalikda mutolaa, muhokama qilamiz, o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz.