1–3-yanvar kunlari kutubxona yopiq bo‘ladi
“Salom, Toshkent!” ko‘rgazmasi – Rassom Yuliya Drobova nigohi

“Salom, Toshkent!” ko‘rgazmasi – Rassom Yuliya Drobova nigohi

Respublika bolalar kutubxonasi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va “A+A” nashriyoti bilan birgalikda “Salom, Toshkent!” kitobi va ko‘rgazmasi orqali bolalarga Toshkent haqida hikoya qilib berishga qaror qildi.

 Mazkur kitobda azim poytaxt Yuliya Drobova yaratgan yorqin va nozik rasmlarda namoyon bo‘ladi. Rassomning ijod namunalari Ovro‘pada ham, xonadonlarda ham xush ko‘rilib, hatto, “The Wired”, “Süddeutsche Zeitung” va “Illustoria” kabi mashhur nashrlarda chop etiladi. Bu yerda siz musavvir chizgan rasmlarning asl nusxalarini ko‘rasiz, shaxsiy qoralamalar uchun albomlariga nazar solasiz va kitoblar qanday yaratilishini bilib olasiz.

Yuliya Toshkentda tug‘ilgan, serquyosh ko‘chalar, mahallalar va bog‘lar bag‘rida ulg‘aygan. U hozirgi Toshkent arxitektura-qurilish universitetini bitirgach, Berlinga ketadi hamda u yerda nomdor rassom va o‘qituvchi bo‘lib yetishadi. Uning ishlanmalari mashhur Bolonya kitob yarmarkasida ketma-ket to‘rt marotaba qisqa ro‘yxatga kiritilgan. Yuliya shahar tarixining bir qismiga aylangan oilada ulg‘aygan: uning katta bobosi Vasiliy Drobov o‘simlikshunos olim bo‘lib, Toshkent va umuman mintaqa nabotot olamini yaxshi ko‘rgan va o‘rgangan. Yana bir katta bobosi – afsonaviy suratkash Maks Penson. U respublika hayoti va tarixini suratlarga tushirgan bo‘lib, hozirda uning fotosuratlari dunyo muzeylarida saqlab kelinmoqda.

“Salom, Toshkent!” – bolaligim o‘tgan shahar haqidagi shaxsiy hikoya. Men bolalarga mehribon, jonli va barchani o‘z bag‘riga chorlaydigan Toshkentni ko‘rsatmoqchi edim.

Rassom: Yuliya Drobova

Matn: Ivan Sorokin

“Salom, Toshkent!” ko‘rgazmasi – Rassom Yuliya Drobova nigohi
Tashrif
Dasturdagi barcha tadbirlar mediator bilan o‘zaro hamkorlikka asoslangan bo‘lib, ko‘rilganlarni faol muhokama qilishda ishtirok etishni nazarda tutadi. Barcha dastur tadbirlari bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.