To‘garaklar
To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz birgalikda mutolaa, muhokama qilamiz, o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz.
KITOB TO‘GARAKLARI
Eng jajji mushtariylar uchun ingliz tilida kitob to‘garagi
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
9-yanvar
Kitob nomi: “Elf Chase” (“Elf ortidan quvib”), muallif: Martha Mumford va Laura Hughes.
Quyonlar qishki chakalakzor orqali elflarni izlab yo‘lga chiqadi va yo‘lda turli xil o‘rmon jonzotlarini uchratadi.
23-yanvar
Kitob nomi: “What is Snow?” (“Qor nima”), muallif: Marta Alvarez Miguens va Katie Daynes
Qor uchqunlari qanday tug‘ilishini, bir-biridan qanday farqlanishini va ularsiz qish nima uchun butunlay boshqacha bo‘lishini bilib olamiz.
Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova
Eng jajji mushtariylar uchun o‘zbek tilida kitob to‘garagi
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
16-yanvar
Kitob nomi: “Qor odamni tutish sirlari”, muallif: Adam Uolles va Endi Elkerton
Bizni Qor odam bilan shiddatli poyga kutmoqda! Yakunda — kutilmagan sovg‘a.
30-yanvar
Kitob nomi: “The Best Snowman Ever” (“Barcha zamonlarning eng yaxshi qor odami”), muallif: Stephanie Stahl
Eng yaxshi Qor odamni yasaymiz, ammo bu yo‘lda sinovlar va kutilmagan to‘siqlarga duch kelamiz.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Nigora Rahimova
Bolalar kitob to‘garagi
O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
10-yanvar
Kitob nomi: “Beruniy” (“Ildiz” kitoblar turkumi), muallif: Sa’dullo Quronov. Bu safar sayyoramiz va koinot qanday tuzilgani haqidagi yulduzlar, kashfiyotlar va dadil savollar olamiga sayohat qilamiz.
24-yanvar
Kitob nomi: “Forobiy” (“Ildiz” kitoblar turkumi), muallif: Gulnoz Tojiboyeva. Muhokama qilishni, musiqa bastalashni, hayot va inson haqidagi o‘ylantiradigan savollarga javob topishni xush ko‘rgan donishmand olim bilan tanishamiz.
Boshlovchi: radioboshlovchi va kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva
Inglizzabon kitoblar to‘garagi
Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Nutq, tafakkur va kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
4-yanvar
Kitob nomi: “Yetini tutish yo‘li”, muallif: Adam Uolles va Endi Elkerton
Yetilarni (Himolay mintaqasida yashaydigan afsonaviy yirik mavjudot) tutishga qaror qilgan qiziqqon do‘stlar haqidagi hikoya. Biroq bu oson emas ekan! Yakunda bizni kutilmagan va iliq bir sovg‘a kutadi.
18-yanvar
Kitob nomi: “Big & Little Meet in the Middle” (Katta va kichik o‘rtada uchrashdik”), muallif: Ian Webster
Bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki do‘st haqida hikoya. Ular uchrashish va bir-birlari uchun naqadar muhim ekanliklarini tushunish uchun uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdilar.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Brayl yozuvidagi kitoblar to‘garagi
To‘garak Brayl alifbosini yaxshi biladiganlar yoki endigina tanishishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan. Brayl yozuvida lotin imlosida chop etilgan o‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, paypaslab o‘qishni mashq qilamiz, hikoyalar yuzasidan fikr almashamiz, matnlarni sharhlashni o‘rganib, o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Ishtirokchilar taktil materiallar bilan ishlaydilar hamda o‘qish uslubini o‘zlashtiradilar. To‘garak bir oyda bir marta o‘tkaziladi.
10-yanvar
Kitob nomi: “Kichkina shahzoda”, muallif: Antuan De Sent-Ekzyuperi
Eng mashhur ertaklardan biri. Bizni uzoq sayyoralarga sayohat va ularning sirli jonzotlari (aholisi)?? bilan uchrashuv kutmoqda.
Boshlovchi: Tiflopedagog Mavluda Karimova
MULOQOT TO‘GARAKLARI
Sahna nutqi
Ifodali va ishonch bilan o‘qishni o‘rganamiz, artikulyatsion gimnastika, nafas mashqlari va tez aytishlar bilan tanishamiz. Ohang ustida tajribalar o‘tkazamiz, turli hissiy urg‘ular bilan matnlarni o‘qiymiz va kichik nutqiy etyudlar qo‘yamiz. To‘garak har ikki haftada bir marta rus va o‘zbek tillarida o‘tkaziladi.
17-yanvar
Uchrashuv mavzusi: hissiy qarama-qarshiliklar
31-yanvar
Uchrashuv mavzusi: to‘siqlarni yengib o‘qish
Boshlovchi: radioboshlovchi va kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva
Ingliz tilida muloqot to‘garagi
Muloqot ko‘nikmalarini mashq qilamiz, so‘z boyligimizni oshiramiz, do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda jumlalar tuzishni hamda o‘z fikrimizni bildirishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
9-yanvar (16:00-17:00)
Uchrashuv mavzusi: Yangi yil rejalari
30-yanvar (17:00-18:00)
Uchrashuv mavzusi: Butun dunyo qishki taomlari
Boshlovchi: kutubxona xodimi Farzona Jo‘rayeva
O‘YIN TO‘GARAKLARI
Stol o‘yinlari to‘garagi
Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish, murosaga kelish hamda jamoa bo‘lib ishlash muhim bo‘lgan strategiyalargacha tanishamiz. O‘ynaymiz, muloqot quramiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2–4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.
10-yanvar
Mavzu: Jamoaviy o‘yinlar
17-yanvar
Mavzu: Strategiyalar
24-yanvar
Mavzu: Tezlik va diqqatni oshiruvchi o‘yinlar
31-yanvar
Mavzu: Sayr-u sarguzashtlar
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi
Shaharlar qurilishi va strategiyalardan tortib, izquvar surishtiruvlar va syujetli sarguzashtlargacha bo‘lgan stol o‘yinlari dunyosini tadqiq etamiz. Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2-3 xil stol o‘yinlari o‘tkaziladi.
4-yanvar
Mavzu: izquvar surishtiruvlar
11-yanvar
Mavzu: syujetli sarguzashtlar
18-yanvar
Mavzu: jamoaviy vazifalar
25-yanvar
Mavzu: taktik o‘yinlar
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Shaxmat to‘garagi
Asosiy qoidalarni o‘rganamiz, donalarni yurishni o‘rganamiz va ilk partiyalarni o‘ynaymiz.
Shaxmat mantig‘ini tahlil qilamiz, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va yurishlarni ko‘rishni o‘rganamiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida, har hafta o‘tkaziladi.
4-yanvar
11-yanvar
18-yanvar
25-yanvar
Boshlovchi: Shaxmat ixlosmandi va kutubxona xodimi Shahobiddin Rasulov
To‘garaklar faoliyatini boshlash
To‘garaklar faoliyatini boshlash
Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz.
Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchiyu ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.