Ovoz yozish studiyasi
O‘z podkast yoki suhbatingizni yozib oling, kitobcha, multfilm yoki qisqa metrajli filmni ovozlashtiring
Tadbirda taniqli dizaynerlar Betan Laura Vud (London), Marsin Rusak (Varshava), Fernando Laposs (Mexiko) va Bobir Klichev (Toshkent) ishtirok etadi. Uchrashuvni xalqaro dizayn bo‘yicha maslahatchi Siril Zammit olib boradi
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining davom etayotgan jamoatchilik dasturi doirasida fevral o‘rtalarida Toshkentdagi tadqiqot qarorgohiga tashrif buyurgan taniqli zamonaviy dizaynerlar ishtirokida Respublika bolalar kutubxonasi 14-fevral, shanba kuni 18:00 da “Dizaynerlar muloqotda” nomli maxsus uchrashuvni o‘tkazadi.
Uchrashuv mavzusi — “Jonli ashyolar: hunarmandchilik, madaniyat va qayta tiklanish”. Suhbatda taniqli dizaynerlar Betan Laura Vud (London), Marsin Rusak (Varshava), Fernando Laposs (Mexiko) va Bobir Klichev (Toshkent) ishtirok etadi. Uchrashuvni xalqaro dizayn bo‘yicha maslahatchi Siril Zammit olib boradi.
Toshkent va Nukusda o‘tgan hafta davomida dizaynerlar mahalliy ustalar bilan uchrashib, non yopish an’analarini o‘rgandilar, ashyolarni tadqiq etdilar hamda Orol inqirozining ijtimoiy-madaniy oqibatlarini kuzatdilar. Uchrashuv davomida ular o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, mahalliy amaliyotlarni umumjahon dizayn nuqtai nazaridan tahlil qiladilar.
Muloqot tili: ingliz tili, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
O‘z podkast yoki suhbatingizni yozib oling, kitobcha, multfilm yoki qisqa metrajli filmni ovozlashtiring
14-fevral
13:00
–
14:00
To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz birgalikda mutolaa, muhokama qilamiz, o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz.