TO‘GARAKLAR

TO‘GARAKLAR

To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz birgalikda mutolaa, muhokama qilamiz, o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz.

To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz birgalikda mutolaa, muhokama qilamiz, o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz. Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, bir marta yoki muntazam ravishda tashrif buyurish mumkin. Kitobxonlik, muloqot va stol o‘yinlariga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam ravishda o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Ishtirok etish bepul: to‘garaklarga a’zo bo‘lish shart emas – oldindan ro‘yxatdan o‘tishning o‘zi kifoya. Har oyda biz muloqot to‘garaklari uchun dolzarb mavzularni tanlaymiz, o‘qish uchun yangi kitoblarni kashf etamiz va o‘yin to‘garaklari ssenariylarini yangilaymiz. Jadval oyiga bir marta e’lon qilinadi.

KITOB TO‘GARAKLARI

Eng jajji mushtariylar uchun ingliz tilida kitob to‘garagi
(0–5)

Juma kunlari, 11:00–11:30

Kichik transformer zali

Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.



6-fevral

Kitob nomi: “We are friends, In the forest” (“Biz o‘rmondagi do‘stlarmiz”), muallif Syu Dauning.

O‘rmon do‘stlari bir-birlari bilan tanishadilar, yordam berishni, bo‘lishishni va o‘zaro til topishni o‘rganadilar. Shu tariqa, do‘stona munosabatlar va iliqlik o‘rmonni chinakamiga qulay va xavfsiz joyga aylantiradi.



20-fevral

Kitob nomi: “Noisy Farm”(“Shovqinli ferma”) muallif Rod Kempbell

Shovqin-suronli fermada sigirlar, tovuqlar va qo‘zichoqlar yashaydi: ular bir-birini chaqirib, o‘z olamiga chorlar ekan, kitob mutolaasini haqiqiy sayohatga aylantiradi!


Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova

Eng jajji mushtariylar uchun o‘zbek tilida kitob to‘garagi
(0–5)

Juma kunlari, 11:00–11:30
Kichik transformer zali

Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.


30-yanvar
Kitob nomi: “The Best Snowman Ever” (“Barcha zamonlarning eng yaxshi qor odami”), muallif: Stephanie Stahl
Eng yaxshi Qor odamni yasaymiz, ammo bu yo‘lda sinovlar va kutilmagan to‘siqlarga duch kelamiz.

13-fevral

Kitob nomi: “Dear Zoo” (“Aziz hayvonot bog‘i), muallif Rod Campbell

Hayvonot bog‘idan jonivorlar solingan noodatiy jo‘natmalarni olamiz va o‘zimizga mos keladigan uy hayvonlarini izlaymiz.


27-fevral

Kitob nomi: “Our Jungle” (“Bizning chakalakzor”), muallif Rod Kempbell

Changalzorlar bo‘ylab yorqin sayohat, unda biz o‘rmon jonzotlari va jonli tabiatning xilma-xil dunyosi bilan tanishamiz.


Boshlovchi: kutubxona xodimi Nigora Rahimova

Bolalar kitob to‘garagi
(6–10)

Shanba kunlari, 13:00–14:00

Kichik transformer zali

O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.

7-fevral
Kitob nomi: “Navoiy” (“Ildiz” kitoblar turkumi), muallif Dilnavoz Najimova
Kichik Navoiyning birinchi maktab kuniga birga yo‘l olamiz — bu kun hayajon, yangi tanishuvlar va bilim olamidagi ilk kashfiyotlarga to‘la.

21-fevral
Kitob nomi: “Tishlar saltanati”, muallif Zamira Beshimova
Tishlarning sehrli olamiga kirib, har bir tish o‘z o‘rnida va muhim vazifani bajaradigan tartib-intizom, g‘amxo‘rlik hamda salomatlik haqidagi hikoya bilan tanishamiz.

Boshlovchi: radioboshlovchi va kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva

Brayl alifbosidagi kitob to‘garagi
(12+)

Shanba kuni, 15:00–16:00

Kichik transformer zali

To‘garak Brayl alifbosini yaxshi biladiganlar yoki endigina tanishishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan. Brayl yozuvida lotin imlosida chop etilgan o‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, paypaslab o‘qishni mashq qilamiz, hikoyalar yuzasidan fikr almashamiz, matnlarni sharhlashni o‘rganib, o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Ishtirokchilar taktil materiallar bilan ishlaydilar hamda o‘qish uslubini o‘zlashtiradilar. To‘garak bir oyda bir marta o‘tkaziladi.

7-fevral
Mavzu: Alisher Navoiy g‘azallari va ruboiylari
Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylarini Brayl alifbosida o‘qib, mumtoz she’riyatning maromi, obrazlari va mohiyatiga quloq tutamiz.

Boshlovchi: Tiflopedagog Mavluda Karimova

Inglizzabon kitoblar to‘garagi
(6–10)

Yakshanba kunlari, 13:00–14:00

Kichik transformer zali

Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Nutq, tafakkur va kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.

1-fevral
Kitob nomi: “Negative Cat”,(“Tushkun mushuk”) muallif Sophie Blackall
O‘yin o‘ynashdan bosh tortib, doimo yashirinib yurgan mehribonlik uyidagi bola va mushuk hikoyasi bilan tanishamiz. Qahramonlarning qanday qilib til topishini kuzatamiz va mutolaaning o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishdagi ko‘magi hamda ishonchsizlikni do‘stlikka aylantirishdagi ahamiyatini bilib olamiz.

15-fevral

Kitob nomi: “The Sheep Who Hatched an Egg” (“Tuxum qo‘ygan qo‘y”) muallif Gemma Merino
Lolaning qo‘zichog‘i va kichkina jo‘jasi haqidagi ta’sirli hikoyani o‘qiymiz. Tashqi ko‘rinish muhimmi yoki ichki fazilatlar-u amaldagi xatti-harakatlar, degan savol atrofida mulohaza yuritamiz.

Boshlovchi:
kutubxona xodimi Laziza Tursunova

MULOQOT TO‘GARAKLARI

Sahna nutqi
(6–10)

Shanba kunlari, 13:00–14:00

Kichik transformer zali

Ifodali va ishonch bilan o‘qishni o‘rganamiz, artikulyatsion gimnastika, nafas mashqlari va tez aytishlar bilan tanishamiz. Ohang ustida tajribalar o‘tkazamiz, turli hissiy urg‘ular bilan matnlarni o‘qiymiz va kichik nutqiy etyudlar qo‘yamiz. To‘garak har ikki haftada bir marta rus va o‘zbek tillarida o‘tkaziladi.

31-yanvar
Uchrashuv mavzusi: to‘siqlarni yengib o‘qish

14-fevral
Uchrashuv mavzusi: jonli muloqot va hamkor bilan ishlash

28-fevral
Uchrashuv mavzusi: harakatdagi hikoya; imo-ishora va yuz ifodalari bilan o‘qish

Boshlovchi: radioboshlovchi va kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva

Ingliz tilida muloqot to‘garagi
(11–14)

Juma kunlari, 17:00–18:00
Kichik transformer zali

Muloqot ko‘nikmalarini mashq qilamiz, so‘z boyligimizni oshiramiz, do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda jumlalar tuzishni hamda o‘z fikrimizni bildirishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.


30-yanvar (17:00-18:00)
Uchrashuv mavzusi: Butun dunyo qishki taomlari

6-fevral (17:00–18:00) 

Uchrashuv mavzusi: Memes, Internet Humor


27-fevral (17:00–18:00)

Uchrashuv mavzusi: Kundalik hayotda sun’iy idrok


Boshlovchi: kutubxona xodimi Emiliya Ponomareva

O‘YIN TO‘GARAKLARI

Stol o‘yinlari to‘garagi
(6–10)

Shanba kunlari, 16:00–17:30

Kichik transformer zali

Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish, murosaga kelish hamda jamoa bo‘lib ishlash muhim bo‘lgan strategiyalargacha tanishamiz. O‘ynaymiz, muloqot quramiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.


31-yanvar Mavzu: Sayr-u sarguzashtlar

7-fevral. Mavzu: Tezlik va diqqatni rivojlantiruvchi o‘yinlar. O‘yin nomi: “Maxluqlar uchun tish shifokori”

14-fevral. Mavzu: Sayr-u sarguzashtlar. O‘yin nomi: “Graviti Folz”

21-fevral. Mavzu: Kooperativ o‘yinlar. O‘yin nomi: “Yulduzli rassomlar”

28-fevral. Mavzu: Strategiyalar. O‘yin: “Dinozavrikus”


Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova

O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi
(11+)

Yakshanba kunlari, 16:00–17:30

Kichik transformer zali

Shaharlar qurilishi va strategiyalardan tortib, izquvar surishtiruvlar va syujetli sarguzashtlargacha bo‘lgan stol o‘yinlari dunyosini tadqiq etamiz. Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2-3 xil stol o‘yinlari o‘tkaziladi.


1-fevral. Mavzu: Kooperativ missiyalar. O‘yin nomi: “Alias”
8-fevral. Mavzu: Taktik o‘yinlar. O‘yin nomi: “Catan”
15-fevral. Mavzu: Izquvar surishtiruvlar. O‘yin nomi: “Izquvar voqealar silsilasi”
22-fevral. Mavzu: Syujetli sarguzashtlar. “Beng” o‘yini
1-mart. Taktik o‘yinlar. O‘yin nomi: “Kartograflar”

Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova

Shaxmat to‘garagi
(6-10)

Yakshanba kunlari, 14:00–15:00
Majlislar zali

Asosiy qoidalarni o‘rganamiz, donalarni yurishni o‘rganamiz va ilk partiyalarni o‘ynaymiz. Shaxmat mantig‘ini tahlil qilamiz, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va yurishlarni ko‘rishni o‘rganamiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida, har hafta o‘tkaziladi.

1-fevral
8-fevral
15-fevral
22-fevral
1-mart


Boshlovchi: Shaxmat ixlosmandi va kutubxona xodimi Shahobiddin Rasulov

To‘garaklar faoliyatini boshlash

To‘garaklar faoliyatini boshlash

Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz.  

Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchiyu ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.     

Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.