Boburning tavallud kuni munosabati bilan diktant

Boburning tavallud kuni munosabati bilan diktant

14-fevral

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan olingan parcha asosida diktant yozib, o‘zimiz va bir-birimizni tekshirib ko‘ramiz.

“Yulduzli tunlar” — yozuvchi Pirimqul Qodirovning shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan tarixiy romanidir. Kitobda bolalik, dastlabki g‘alabalar va murakkab tanlovlar, hukmdor, shoir, kuzatuvchi xarakterini shakllantirgan quvonch va kechinmalar haqidagi voqealar jamlangan.

14-fevral

Boburning tavallud kuni munosabati bilan diktant
(16+)

13.00–14.00
Majlislar zali

Diktantni O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Bekzod Muhammadkarimov o‘qib beradi. U “Alisher Navoiy”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Temur” spektakllarida, shuningdek, “Buyuk Amir Temur”, “Bobur” filmlarida adabiy va tarixiy qahramonlar obrazlarini gavdalantirgan.

Diktantga oldindan tayyorgarlik ko‘rish shart emas, yozuv qurollari va tekshirish uchun matnni shu yerning o‘zida beramiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili

Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.