Ko‘ngillilik dasturi

Ko‘ngillilik dasturi

Kutubxona ko‘ngillilari jamoasi safiga qo‘shiling

Kutubxonaning ko‘ngillilik dasturi 16 yoshdan oshgan, madaniyat, ta’lim hamda ma’rifiy loyihalarga qiziquvchi yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar uchun ochiq. Unda ishtirok etish muassasa faoliyatining ichiga kirib borish, amaliy tajriba orttirish va kutubxona jamoasining bir qismiga aylanish imkonini beradi.


Ishtirok yo‘nalishlari

1. Kutubxona tadbirlarini o‘tkazish 

Sizni kutayotgan ishlar:
— ustaxonalar, konsertlar, ma’ruzalar hamda uchrashuvlar o‘tkazishda, shuningdek “CIRCUIT” laboratoriyasining kurslari va amaliy mashqlarida qatnashish;
— mehmonlarni kutib olish, makonda yo‘nalish berish, ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashish;
— madaniyat va san’at sohasidagi taklif etilgan mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish;
— tinglovchilar bilan o‘zaro munosabat ko‘nikmalarini shakllantirish va muloqot qilish.

2. Kutubxona to‘plamidagi kitoblar bilan ishlash:

Sizni kutayotgan ishlar:
— kitobxonlarga kutubxona va zalda yo‘nalish berishga ko‘maklashish;  
— guruhlarga kutubxona bo‘ylab sayr vaqtida hamrohlik qilish;
— Ochiq kitob to‘plamlarida tartiblilikni saqlash;
— kutubxona xodimi boshchiligida kitoblarni ta’mirlashda ishtirok etish. 


Kimlar ishtirok etishi mumkin

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, hamkorlikka ochiq, zamonaviy san’at, madaniyat va ta’limga qiziquvchi 16 yoshdan katta talabalar va yuqori sinf o‘quvchilari. Ko‘ngillilik tajribasi ma’qullanadi, lekin majburiy emas. Mavsumiy dastur 2,5 oyga mo‘ljallangan. Dastur muvaffaqiyatli yakunlansa, ishtirokchilarga sertifikat beriladi. Dasturga qabul mavsumda bir marta ochiladi: 1-mart, 1-iyun, 1-sentyabr va 1-dekabr.

BAHORGI QABUL

Bahorgi qabul 1-mart kuni ochiladi va 8-martgacha davom etadi.

Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.