Nafis san‘at ustaxonasi

Nafis san‘at ustaxonasi

Respublika bolalar kutubxonasi va O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi dasturi

Muzey ishining an’anaviy shakllari zamonaviy ta’lim va inklyuziv amaliyotlar bilan uyg‘unlashtiriladigan ustaxonalar, sayohatlar va uchrashuvlar turkumi. Biz uchun san’at nafaqat o‘rganiladigan, balki boshdan kechiriladigan bo‘lishi juda muhim: bola tadqiqotchiga, muzey esa muloqot va xayoliy tasavvurning xavfsiz makoniga aylanadi.

O‘rol Tansiqboyev (1904–1974) — O‘zbekiston xalq rassomi, milliy rangtasvir maktabining asoschilaridan biri. Uy-muzeyi yaqinda qayta ta’mirlanganidan so‘ng tashrif buyuruvchilar uchun yana o‘z bag‘rini ochdi. Yangilangan memorial ekspozitsiya rassomning uyi va ustaxonasidagi muhitni saqlab bo‘lib, bu yerda uning asarlari, eskizlari va shaxsiy buyumlarini ko‘zdan kechirishmumkin.

8-fevral

Chizmachilik ustaxonasi
(6+)

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
13.00–14.00

“Chizgilar” hamjamiyatining rassomi va muhofizi Kseniya Savva bilan avtoportretlar chizamiz: nisbatlar, muayyan holatlar va aksessuarlar bilan o‘ynaymiz hamda biroz bo‘rttiramiz. Kuzatish va xayoliy tasavvurdan bir vaqtning o‘zida tanib olsa bo‘ladigan, butunlay yangi qahramon qanday tug‘ilishini ko‘ramiz.

San’atshunos Natalya Glazkova bilan muzey bo‘ylab sayohat
(6+)

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
15:00–16:00

Natalya Ivanovna 40 yildan ortiq vaqt davomida O‘rol Tansiqboyev merosini o‘rganib kelib, muzey haqida hammasini biladi. U kishi bilan birga ustaxona, mehmonxona va xonaga kirib, ustaning buyumlar olamini ko‘zdan kechiramiz hamda qo‘l bilan yaratilgan bog‘ga chiqamiz. Ijodiy jasorat qanday tug‘ilishi, makonlar esa qay tarzda kuch nuqtasiga aylanishi haqida suhbatlashamiz.

Muloqot tili: rus tili

14-fevral

San’at ustaxonasi. Qoyatosh rasmlari
(6+)

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
13.00–14.00

G‘or devorlaridagi qadimiy rasmlar haqida suhbatlashamiz. Ibtidoiy san’atdagi chizgi, belgi va qorishmalarni tadqiq etamiz. Tirnash, dog‘ va qolip usulini sinab ko‘ramiz hamda qoyatosh rangtasviri ruhidagi kompozitsiyalarni yaratamiz.

Kollaj ustaxonasi. Xiroshi Sugito
(6+)

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
15.00–16.00

Kollaj ustasi Alina Mish boshchiligida kompozitsion oddiylik ustida ishlaymiz. Yapon rassomi Xiroshi Sugitoning vizual dunyosi bilan tanishib, uning havoyidek yengil va soddadil estetikasiga mos kollajlarni yig‘amiz.

22-fevral

San’at ustaxonasi. Yunoncha naqsh
(6+)

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
15.00–16.00

Qadimiy madaniyatda naqshlar sopol buyumlarda, me’morchilikda va matolarda qanday qilib marom-u tartib yaratganini bilib olamiz, qoliplar va mumtoz naqshlar bilan ishlab, o‘zimizning naqshinkor kompozitsiyalarimizni yig‘ishga harakat qilamiz.

Kollaj ustaxonasi. Anri Matiss
(6+)

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
15.00–16.00

Rang — tizim sifatida. Kollaj ustasi Alina Mish bilan palitra, kontrastlar va shakllar ustida ishlab ko‘ramiz. Anri Matissning badiiy tafakkuri bilan tanishamiz va uning estetikasi asosida kollajlarni yaratamiz.

28-fevral

San’at ustaxonasi. Sumi-e
(6+)

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
13.00–14.00

Bitta dog‘ning o‘zi hamma narsani so‘zlab bera oladigan yapon monoxrom rangtasvir an’anasi bilan tanishamiz. Tanaffus, marom va bo‘shliqqa hurmat ko‘rsatgan holda o‘zimizning kompozitsiyalarimizni yaratishga harakat qilamiz.

Kollaj ustaxonasi. Terusige Matsumoto
(6+)

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
15.00–16.00

Faktura, qatlam va ohang. Kollaj ustasi Alina Mish boshchiligida teksturalar ustida ishlaymiz. Shinro Otake assamblyajlaridan ilhomlanib, sevimli taronalarimizga rasmlar, matolar va strazlar bilan kollajli muqovalar yaratishga harakat qilamiz.

Muzeyga kirish bepul. Sayohatlar so‘rov bo‘yicha tashkil etiladi.
 
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bo‘z-1 mavzesi, 5/1A-uy
Telefon: +998 (71) 262-62-30
Ish vaqti: seshanba–yakshanba kunlari  soat 10:00dan 18:00gacha

Yandex.Xaritalar
2GIS
Google Maps