"Qoraqalpogʻiston" nashriyoti grafikasi ko‘rgazmasi
Qidirbay Najimov oʻttiz yildan ziyod vaqt mobaynida doston, ertak, mumtoz va bolalar kitoblarini bezash orqali Nukusdagi "Qoraqalpogʻiston" nashriyotining oʻziga xos tasviriy tilini yaratdi. O‘ziga xos toʻqima, ifodali koʻrinishlar va takrorlanuvchi timsollar nashriyotning mustaqil badiiy olamiga aylandi.
Ko‘rgazma haqida batafsil
Ko‘rgazma dasturida kitobda obraz qanday tug‘ilishini tahlil qilamiz. Andaza va grattaj usulining sirlarini o‘rganamiz hamda grafikada chavandozlar, sayyohlar, yo‘lbarslar-u oqqushlar qanday jonlanishiga, ularning atrofida esa keng dashtlar, daryolar va qamishzorlar paydo bo‘lishiga guvoh bo‘lamiz. Qoraqalpoqcha ertaklarni tinglaymiz, rassomlar haqida suhbatlashamiz hamda shaxsiy bosma nusxalarimizni yaratamiz.
SENTABR
Nafis san’at ustaxonasi
Andazali bosma ustaxonasi. Oqqushlar
“Teńizde” (“Dengizda”, 1977) kitobining muqovasida Qidirbay Najimov osmon to‘lqinlaridan iborat naqshli fon bag‘riga singib ketgan, shiddat bilan uchayotgan oqqushlar galasini tasvirlagan.
Qoraqalpog‘istonlik rassom Nargiz Berdimuratova bolalarga ushbu obrazni andaza, shakl hamda takrorlanish usullari orqali o‘zgacha tarzda talqin qilishni taklif etadi.
Aygul Sarsen bilan erkin ijod ustaxonasi
Qidirbay Najimovning grafikasida shakllar goʻyo toʻq fondan paydo bo‘layotgandek tuyuladi: shakl fakturadan bo‘rtib chiqadi, inson siymosi esa shtrixlardan shakllanadi. Nukuslik rassom Aygul Sarsening rangtasvirida ham shakllar toʻq va tigʻiz fondan yuzaga keladi, biroq ranglar jilvosida — keskin chiziqlar, erkin harakatlar va yorqin boʻyoqlar vositasida gavdalanadi.
Ustaxonada chiziq va rang bilan ishlaymiz, shaxsiy tuygʻu yoki xotiralarimizni taʼsirchan grafik obrazga aylantiramiz.
O‘smirlar uchun kino to‘garagi
“Sichqonlar malikasi” multifilmi — oʻziga bino qoʻygan malika va uni rafiqalikka olgan sichqonlar podshosi haqidagi qoraqalpoq xalq ertaklari asosida ishlangan qoʻgʻirchoq animasiyadir. Namoyishdan soʻng kino to‘garagi boshlovchisi Kamilla Kayumova bilan filmni muhokama qilamiz.
Tadbir Oilaviy kino festivali doirasida o‘tkazilmoqda.
RO‘YXATDAN O‘TISH
OKTABR
Kitob grafikasi ustaxonasi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi talabalari bolalarni bosma usullari bilan tanishtiradilar hamda tasvirlar kitobdagi hikoyani yoritishda qanday yordam berishini soʻzlab beradilar. Mashgʻulotda tayyor bosma tamgʻalar bilan ishlaymiz, bosma qoliplar yasaymiz, syujetlar oʻylab topamiz va bosma nusxalardan kitob sahifalarini yigʻamiz.
Qoraqalpog‘iston rassomlari haqida ma’ruza
San’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD), I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi ilmiy xodimi Muzaffara Ishanova hududning an’anaviy san’ati uning zamonaviy tasviriy tili shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida hikoya qiladi.
Muloqot tili: rus tili, o‘zbek tiliga tarjima bilan
Qoraqalpoq tilida kitob to‘garagi
Qoraqalpoq madaniyatiga bag‘ishlangan “Goje Project” mustaqil tashabbus jamoasi bolalar bilan ertaklar mutolaa qiladi. Mashgʻulotda ertak qahramonlari va folklor olami bilan tanishamiz, tarjimalar esa o‘zbek va rus tillarida yangraydi.
Kitob grafikasi ustaxonasi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi talabalari bolalarni bosma usullari bilan tanishtiradilar hamda tasvirlar kitobdagi hikoyani yoritishda qanday yordam berishini soʻzlab beradilar. Mashgʻulotda tayyor bosma tamgʻalar bilan ishlaymiz, bosma qoliplar yasaymiz, syujetlar oʻylab topamiz va bosma nusxalardan kitob sahifalarini yigʻamiz.
NOYABR
Andazali bosma ustaxonasi. Yo‘lbarsar
Amet Shamuratovning “Yo‘lbarslar bilan uchrashuvlarim” qissasida Turon yo‘lbarslari kuchli, ehtiyotkor va deyarli tutqich bermas bo‘lib, Orolbo‘yi qamishzorlari orasida paydo bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonlik rassom Nargiz Berdimuratova bilan birgalikda bolalar andazali bosma usulida yo‘lbarslar timsolini yaratadilar.
Qoraqalpoq tilida kitob to‘garagi
Qoraqalpoq madaniyatiga bag‘ishlangan “Goje Project” mustaqil tashabbus jamoasi bolalar bilan ertaklar mutolaa qiladi. Mashgʻulotda ertak qahramonlari va folklor olami bilan tanishamiz, tarjimalar esa o‘zbek va rus tillarida yangraydi.
Kitob grafikasi ustaxonasi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi talabalari bolalarni bosma usullari bilan tanishtiradilar hamda tasvirlar kitobdagi hikoyani yoritishda qanday yordam berishini soʻzlab beradilar. Mashgʻulotda tayyor bosma tamgʻalar bilan ishlaymiz, bosma qoliplar yasaymiz, syujetlar oʻylab topamiz va bosma nusxalardan kitob sahifalarini yigʻamiz.
DEKABR

Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.