To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz o‘qiymiz, muhokama qilamiz, o‘yin o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz
Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, ularga bir marta yoki doimiy ravishda kelishingiz mumkin. Mutolaa, stol o‘yinlari va mavzuli to‘garaklarga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Ishtirok etish bepul — oldindan ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Har oyda biz muloqot to‘garaklariga mavzularni tanlaymiz, mutolaa uchun yangi kitoblarni kashf etamiz, o‘yin va mavzuli to‘garaklarning ssenariylarini yangilaymiz. Jadval har oyda bir marta e’lon qilinadi.
KITOB TO‘GARAKLARI
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
3-iyul
Kitob nomi: “Kichkina yo‘lbars qayerda”. “Campbell Books” nashriyoti
Tinib-tinchimas yo‘lbarsvachcha qayerga g‘oyib bo‘ldi ekan? Kichkintoy kitobxonlar va ota-onalar uni qidirishga tushadilar hamda yo‘l-yo‘lakay dumli boshqa jonivorlar bilan ham uchrashadilar.
17-iyul
Kitob nomi: “Busterning fermasi". Muallif: Rod Kempbell
Baster hayajonli taassurotlar va yangi tanishuvlar maqsadida barchani fermaga mehmonga taklif qiladi! Kuchukcha bilan o‘ynaymiz, qo‘zichoqlarni sanab chiqamiz va o‘rdaklarni mehmon qilamiz.
31-iyul
Kitob nomi: «Play hide & seek with bee» (“Asalari bilan bekinmachoq o‘ynang”). Muallif: Sam Taplin
Yorqin gullar va yashil butalar orasida hasharotlar bekinmachoq o‘ynashga qaror qilishdi. Qiziquvchan asalari ham o‘yinga qo‘shiladi. Xo‘sh, u hamma do‘stlarini topa olarmikin?
Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
10-iyul
Kitob nomi: “Pijamam qayerda?”. “Pingvin books” nashriyoti.
Uxlashdan oldin zebra o‘ziga hech ham pijama tanlay olmaydi. Do‘stlari birin-ketin unga har xil variantlarni taklif qilishadi, lekin tez orada u bir narsani tushunib yetadi: biriga mos kelgani, har doim ham boshqaga to‘g‘ri kelavermas ekan.
24-iyul
Kitob nomi: “Qornim ochib ketdi! I'm hungry ”. “Pingvin books” nashriyoti.
Qorni ochgan maymuncha o‘ziga yegulik izlab yo‘lga tushadi. Biroq u o‘rmondan topgan har bir yemak boshqa jonzotlarga nasib qiladi. Xo‘sh, u o‘zi uchun ham biror nima topa olarmikin?
Boshlovchi: Nigora Rahimova
O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak har shanba kuni o‘tkaziladi.
4-iyul
Kitob nomi: “Xaydi”. Muallif: Yoxanna Spiri
Xaydi va uning Alpdagi yangi hayoti bilan tanishamiz. Qizaloq tog‘larga qanday kelib qolganini bilib olamiz va u bilan birga yangi uyini kashf etamiz.
11-iyul
Kitob nomi: “Xaydi”. Muallif: Yoxanna Spiri
Xaydi tog‘dagi hayotga tobora ko‘nikib boradi va yangi do‘stlar orttiradi.
18-iyul
Kitob nomi: “Xaydi”. Muallif: Yoxanna Spiri
Xaydi bilan birgalikda katta shaharga yo‘l olamiz. Uni sevimli tog‘laridan olisda qanday sinovlar va kashfiyotlar kutayotganini bilib olamiz.
25-iyul
Kitob nomi: “Xaydi”. Muallif: Yoxanna Spiri
Alp tog‘lariga qaytamiz va Xaydining hikoyasi qanday yakun topishini bilib olamiz.
Boshlovchi: radioboshlovchi Shahzoda Jo‘rayeva
Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘yin o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Nutq, tafakkur hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
5-iyul
Kitob nomi: “Shahrimizning yangi mehmoni”. Muallif: Marta Altes.
Kuchukcha ulkan shahardan o‘ziga uy izlamoqda. Bu yo‘lda u o‘zini yolg‘iz his etmaslikka yordam beradigan mehribon do‘stlarni topadi.
12-iyul
13:00-14:00
Kitob nomi: “Zamon ruhining sayohatlari” Muallif:Gulchehrabegim Mahmudova.
Gulchehrabegim Mahmudova — san’atshunoslik fanlari nomzodi, tadbirkor, prodyuser hamda bolalar uchun mo‘ljallangan “Zamon ruhi haqida qissa” kitoblar turkumi muallifidir. Biz yozuvchi bilan birga “Zamon ruhining sayohatlari” kitobidan parchalar o‘qiymiz va Xivaga sayohat davomida qadimiy afsun topib olib, asrlar osha sayohatga otlangan bolalar tarixi bilan tanishamiz.
Yig’ilish Majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
19-iyul
Kitob nomi: “Nuk”. Muallif: Salli Enn Garlend.
Nuk ismli tortinchoq quyoncha haqidagi hikoya. U o‘zining shinamgina pana joyidan turib, boshqalarni kuzatishni juda xush ko‘radi. Kunlarning birida uning uyini kutilmaganda boshqa birov egallab olgach, Nuk yashirinib o‘tirishni bas qiladi va atrofida unga yordamga tayyor do‘stlari borligini anglab yetadi.
26-iyul
Kitob nomi: “O‘rmondagi yulduz”. Muallif: Helen Kellok
Qiziquvchanlik va jasorat haqidagi hikoya. Ikki opa-singil o‘rmon ichkarisida sirli bir shu’lani payqab qolishadi va uni izlab topish uchun yo‘lga tushishga qaror qilishadi.
Boshlovchi: Laziza Tursunova
Ichki kechinmalarimiz va atrofimizdagi voqea-hodisalarni chuqurroq anglash uchun badiiy boʻlmagan (voqeiy) matnlarni oʻqiymiz, gʻoyalarni muhokama qilamiz hamda oʻz qaydlarimiz bilan boʻlishamiz. Kundalik turmush uchun asqatadigan amaliy yoʻriqlarni izlaymiz, murakkab mavzularni haddan tashqari oshirib yubormasdan yoki soddalashtirmasdan oʻrtacha meʼyorda tahlil qilamiz. To‘garak oyiga bir marta rus tilida o‘tkaziladi.
31-iyul
Kitob nomi: "Dunyo chetidagi qo‘ziqorin. Kapitalizm xarobalarida hayot kechirish imkoniyati haqida". Muallif: Anna Lyovenxaupt Tsing
Boshlovchi: Diyora Ahmedova
MAVZULI TO‘GARAKLAR
Kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiramiz va tasvirlar, vizual madaniyat hamda media muhitga yanada sinchkovlik bilan qarashni o‘rganamiz. Did va tanqidiy fikrlashni shakllantirgan holda kino hamda sanʼatdan misollar keltirib, ulardagi nozik jihatlar, mazmun-mohiyatlarni muhokama qilamiz. To‘garak oyda bir marta o‘tkaziladi.
3-iyul
17-iyul
Boshlovchi: badiiy rahbar va uslubshunos Kamilla Ahmad
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
18-iyul
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
19-iyul
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Robototexnika asoslari bilan tanishamiz hamda oddiy mexanizmlar va dasturlashtiriladigan qurilmalar yaratishni oʻrganamiz. Qoʻllab-quvvatlovchi va izlanishlarga boy muhitda namunaviy nusxalarni oʻz qoʻllarimiz bilan yigʻib, ularni amalda sinab koʻrgan holda sezgichlar, motorlar va algoritmlar qanday ishlashini tushunib olamiz. To‘garak oyiga bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
26-iyul
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Ifodali va ishonch bilan o‘qishni o‘rganamiz, artikulyatsion gimnastika, nafas mashqlari va tez aytishlar bilan tanishamiz. Ohang ustida tajribalar o‘tkazamiz, turli hissiy urg‘ular bilan matnlarni o‘qiymiz va kichik nutqiy etyudlar qo‘yamiz. To‘garak oyiga bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
11-iyul
Uchrashuv mavzusi: “Kichik etyudlar, hikoyalar, dialoglar”.
Boshlovchi: radioboshlovchi Shahzoda Jo‘rayeva
O‘YINLI TO‘GARAKLAR
Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, strategiyalargacha tanishamiz. O‘ynaymiz, muloqot quramiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.
4-iyul
Tezkorlik va diqqatni jamlash oʻyinlari. O‘yin nomi: “Avtomantiq”, “Tulkilar, tovuqlar, beshta tuxum!”, “Dinozavrikus”.
11-iyul
Sayr va sarguzashtlar. O‘yin nomi: “Uch mushuk: betakror surat”, “Qaroqchilar afsonasi”, “Elli va Totoshkaning sarguzashtlari”.
18-iyul
Fikrni bog‘lash va tasavvur o‘yinlari. O‘yin nomi: “Zukko: ikki”, “Xayolot dunyosi: Junior”, “Aql mashqi: tasavvur”.
25-iyul
Taktik o‘yinlar. O‘yin nomi: “Karkasson: Junior”, “Sichqonvoylar belanchagi”, “”Grogu va qurbakalar poygasi”.
Boshlovchi: Laziza Tursunova
Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2–3 xil stol o‘yinlari o‘tkaziladi.
5-iyul
Strategik oʻyinlar. Oʻyin nomi: “Xaritashunoslar”, “Pazandachilik”.
12-iyul
Taktik o‘yinlar. O‘yin nomi: “Katan: Mustamlakachilar”, “Xaritashunoslar”, “Graviti Folz”.
19-iyul
Izquvarlik surishtiruvlari. O‘yin nomi: “Savol-javob: yosh izquvar”, “Izquvarlar ligasi”.
26-iyul
Strategik o‘yinlar. O‘yin nomi: “O‘rmon sirlari”, «Mitti odamlar: qirollikni qishga tayyorla»
Boshlovchi: Laziza Tursunova
Asosiy qoidalarni va donalarni yurishni o‘rganamiz hamda ilk partiyalarni o‘ynaymiz. Shaxmat mantig‘ini tahlil qilamiz, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va yurishlarni oldindan rejalashtirishni o‘rganamiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida, har hafta o‘tkaziladi.
4-iyul
11-iyul
18-iyul
25-iyul
Boshlovchi: Shahobiddin Rasulov
Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz.
Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchi ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.
Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.