Alisher Navoiy kunlari

Alisher Navoiy kunlari

7–8-fevral

9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi nishonlanadi. Ushbu katta voqelik munosabati bilan maxsus dastur tayyorladik. Navoiy she’riyatiga bu yerda yodgorlik sifatida emas, balki bugun ham biz uchun dolzarb bo‘lgan umrboqiy so‘z sifatida qaralmoqda. Dasturdan “Ildiz” turkumiga mansub buyuk shoir haqidagi kitob bo‘yicha bolalar kitob to‘garaklari, Brayl alifbosida Navoiy g‘azallari va ruboiylarini o‘qish hamda raqamli she’riyat ustaxonasi o‘rin olgan.

Alisher Navoiyning matnlari qo‘lda ko‘chirilib, yod olinib, avloddan-avlodga javohir sifatida yetkazilib kelingan.Navoiy Temuriylar saroyida vazirlik qilgan, bog‘-rog‘lar va kutubxonalar barpo etgan, ammo bizga eng ko‘p tanish bo‘lgani — shoir sifatida albatta. U bugun ham qalbimizga yaqin bo‘lgan muhabbat, ayriliq, shubha-gumon hamda insonning olam va o‘z-o‘zi bilan sokin suhbati haqida so‘zlagan.

7-fevral

Bolalar kitob to‘garagi
(6–10)

13.00–14.00
Kichik transformer zali

O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab beishni o‘rganamiz.

Kitob nomi: “Navoiy” (“Ildiz” kitoblar turkumi), muallif: Dilnavoz Najimova
Kichik Navoiy bilan birga uning ilk maktab kuniga yo‘l olamiz — u hayajon, yangi tanishuvlar va bilimlar olamidagi dastlabki kashfiyotlarga boy.

Boshlovchi: radioboshlovchi va kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva

Ro‘yxatdan o‘tish

Brayl alifbosidagi kitob to‘garagi
(12+)

15.00–16.00
Kichik transformer zali

To‘garak Brayl alifbosini yaxshi biladiganlar yoki endigina tanishishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan. Brayl yozuvida lotin alifbosida chop etilgan o‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, paypaslab o‘qish mashq qilamiz, hikoyalarni muhokama qilamiz, matnlarni sharhlashni o‘rganamiz va o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Ishtirokchilar taktil materiallar bilan ishlaydilar hamda o‘qish usulini o‘zlashtiradilar.

Mavzu:
Alisher Navoiy g‘azallari va ruboiylari
Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylarini Brayl alifbosida o‘qib, mumtoz she’riyatning ohangi, obrazlari va teranligiga quloq tutamiz.

Boshlovchi: Tiflopedagog Mavluda Karimova

Ro‘yxatdan o‘tish

8-fevral

Raqamli she’riyat ustaxonasi
(10+)

Ish markazi zali
15:00–16:30

“CIRCUIT” laboratoriyasi muhofizi Aksiniya Leontyeva boshchiligida tasodifiy matn tasvir uchun asos bo‘ladigan vizual-og‘zaki kollaj ustida ishlaymiz. Alisher Navoiyning she’riy maktublarini vizual tadqiqot shaklida tahlil qilamiz. Ustaxona “Circuit” kreativ va raqamli kasblar laboratoriyasi doirasida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.