“O‘zbek imo-ishora tili amaliyotlari” davra suhbati

O‘zbekistonda imo-ishora tili jonli va doimiy rivojlanib boruvchi bo‘lib, endilikda uning “SharoitPlus” NNT jamoasi tomonidan yaratilgan dolzarb lug‘ati ham bor. Uchrashuvda imo-ishora tilining tuzilishi va uni o‘rganishga yordam berayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida suhbatlashamiz hamda 10 ta tayanch so‘zni o‘zlashtirib olamiz. 

Muloqot tili: o‘zbek imo-ishora tili, o‘zbek tili