Kutubxonada bahorgi ta’til
24–29-mart
Ta’til kunlarida kutubxonada har kuni turfa xil o‘qish dasturlari, mahorat darslari, konsertlar va sayohatlar o‘tkaziladi. “CIRCUIT” laboratoriyasida robototexnika va raqamli kollaj bo‘yicha amaliy kurslar, O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyida esa nafis san’at ustaxonalari bo‘ladi. Kitobxonlarni artikulyatsiya va muvozanat mashqlari, qo‘g‘irchoqlar yasash, harakatli sahna badahago‘yligi hamda balet mashg‘ulotlari kutmoqda. Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri hamda Qo‘g‘irchoq teatriga sayohatga boramiz. Shuningdek, balet tarixchisi Vita Xlopova bilan birgalikda Teatr kunini nishonlaymiz.
24-25 MART
“Arduino”da o‘yinlar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy kurs
Yorug‘lik diodlari va kod yordamida hikoyani qanday so‘zlab berish mumkin? Simon Says — diqqatni jamlash uchun an’anaviy o‘yin bo‘lib, uning elektron shaklida yorug‘lik diodlari signallarni, tugmalar o‘yinchining javobini qabul qiladi, kod esa ketma-ketlikni tekshiradi va o‘yinni murakkablashtiradi. Ishtirokchilar o‘zining ishlaydigan nusxasini yig‘adilar va oddiy qoidalarni dasturlashni o‘rganadilar.
Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
RO‘YXATDAN O‘TISH ochiladi 16.03-12:00
Amaliy kurs: raqamli kollajlar
“Canva” dasturida ikki kunlik vizual o‘z-o‘zini tadqiq etish darsi. Kollaj orqali o‘zimiz haqimizda qanday hikoya qilishimiz va ijodimiz aslida biz xususimizda nima deyishi mumkin? Mashg‘ulotda kichik “zin” tayyorlaymiz — har bir ishtirokchi o‘zining raqamli nashriga ega bo‘ladi. Amaliy kurs ikki kunlik: yozildingizmi, ikkala mashg‘ulotda ham qatnashishingiz kerak.
Muloqot tili: rus tili
RO‘YXATDAN O‘TISH ochiladi 16.03-12:00
25-MART
Mumtoz raqs bo‘yicha mahorat darsi
Raqqosa kuni nimadan boshlanadi? Chigalyozdi va bo‘g‘imlar, nafas va muvofiqlashtirish mashqlaridan. Keyin yakuniy mashg‘ulot yoki repetitsiyadan oldin mushaklarni qizdirish, muvozanatni yaxshilash va uslubni takomillashtirish uchun asosiy holatlar va harakatlarga o‘tiladi. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri artisti Asal Usmonova kun tartibi bilan o‘rtoqlashadi va ishtirokchilarga bir nechta raqs elementlarini o‘rgatadi.
Muloqot tili: o‘zbek va rus tili
26-27 MART
“Kreativ laboratoriya” mashvarati
Jamoalarda bolalar o‘zlariga ma’qul keladigan g‘oyalarni izlaydilar, amaliy vazifalarni muhokama qiladilar va o‘z fikrlarini loyihalarning dastlabki namunalariga aylantiradilar. Kuchli g‘oya qanday paydo bo‘lishini, nima uni tushunarli va qadrli qilishini, farazlarni qay yo‘sinda tekshirishni hamda nega o‘z g‘oyasi haqida dadil gapira olish muhimligini ko‘rib chiqamiz. Ishtirokchilar ikki kun davomida “agar shunday bo‘lsachi…”dan tayyor konsepsiya va taqdimotgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tib, suhbat hamda xomaki variantdan qanday qilib haqiqiy loyiha paydo bo‘lishi mumkinligini ko‘radilar.
Muloqot tili: rus tili
RO‘YXATDAN O‘TISH ochiladi 16.03-12:00
Sahnaviy badiha bo‘yicha mahorat darsi
Sahnaviy badiha bu — tayyorgarliksiz va ssenariysiz bajariladigan muloqot yoki harakatdir. “Ilhom” teatri aktyori va “O‘zgacha jonivorlar” mustaqil teatr studiyasi aktyori Rafael Babadjanov bir-biri bilan muloqot qurish va his-tuyg‘ularni so‘zsiz ifoda etish mashqlarini o‘tkazadi.
Muloqot tili: rus tili
Sahna harakati bo‘yicha mahorat darsi
“Shamsi-Qamar” teatri aktyori Muxtor Asrorov bilan muvozanat, harakat va sherik bilan o‘zaro kirishish mashqlarni bajarib ko‘ramiz. Harakat orqali xarakter va hissiyotni ifodalashni o‘rganamiz.
Muloqot tili: o‘zbek tili
27-MART
Jajji mushtariylar uchun o‘zbek tilidagi kitob to‘garagi
“Two Little Dickie Birds” nomli rasmli kitobcha bilan tanishamiz. Maromli takrorlashlar va imo-ishoralar mutolaani quvnoq o‘yinga aylantiradi, unga kichkintoylar ham qiziqib qo‘shiladilar.
RO‘YXATDAN O‘TISH ochiladi 23.03-12:00
Aktyorlik mahorati bo‘yicha mahorat darsi
"Ilhom" teatri aktrisasi Anastasiya Sergeyeva diqqat, tasavvur va o‘zaro hamkorlikni rivojlantiruvchi o‘yin mashqlarini o‘tkazadi. Bizni buyumlar bilan badihago‘ylik, takrorlash va ko‘zgu harakati o‘yinlari, shuningdek, shaxsiy etyudlar kutmoqda. Bolalar turli rollarni sinab ko‘radilar, juftlikda va guruh bo‘lib ishlaydilar.
Muloqot tili: rus tili
Voqeiy to‘garak
Birinchi uchrashuvda tanishamiz, o‘z o‘quv tajribamiz bilan o‘rtoqlashamiz, qaysi mavzular sizda qiziqish uyg‘otishini muhokama qilamiz va mavsum uchrashuvlari rejasini birgalikda tuzamiz.
RO‘YXATDAN O‘TISH ochiladi 23.03-12:00
28-MART
Sahna nutqi
Kitoblardan olingan parchalarni turli hissiy holatlarda, imo-ishoralar, yuz ifodasi va ohanglarga e’tibor berib o‘qiymiz.
Mashg‘ulotni radioboshlovchi va kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva olib boradi.
Muloqot tili: o‘zbek tili
RO‘YXATDAN O‘TISH ochiladi 23.03-12:00
Qo‘g‘irchoqlar ustaxonasi
Qo‘g‘irchoq — ip va sim yordamida harakatga keltiriladigan sahna qo‘g‘irchog‘i. Rassom Nigina Mirzajonova bilan birgalikda personajlarni o‘ylab topamiz, ularning qismlarini bo‘yaymiz va bo‘laklarga ajratib yig‘amiz. Ip va tirgaklar tizimi qanday ishlashini tushunib olamiz va qahramonlarimizni jonlantiramiz.
Qo‘g‘irchoq teatriga sayohat
Toshkentning eng sehrli teatriga tashrif buyuramiz — foyega, sahna ortiga va ishlab chiqarish sexlariga kirib, o‘yinchoqlar, qo‘lqop qo‘g‘rchoqlar, soya qo‘g‘rchoqlar va dekoratsiyalar qanday yaratilishini ko‘ramiz. Aktyorlar qo‘g‘irchoqlarni sahnada qanday jonlantirishi va teatr sehrini yaratishda boshqa yana qaysi kasblar ishtirok etishini bilib olamiz.
Yig‘ilish kutubxonaga kiraverishda soat 15:00da. Kutubxona avtobusi ishtirokchilarni teatrga olib boradi va qaytarib keladi.
Tanishtiruv sayohati o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
Ma’ruza Bolalar bilan balet tomoshasi
Balet va qilichbozlik o‘rtasida qanday umumiylik bor? Raqs va balet tarixchisi Vita Xlopova baletning paydo bo‘lish tarixini so‘zlab beradi, mashhur partiyalardan parchalar ko‘rsatadi hamda bolalarga raqs san’ati xususida suhbatlashishni o‘rgatadi.
Fransuz qiroli ilk balet maktabini qanday ochgani va nima uchun raqqosa arvohlarga o‘xshatilganini bilib olib, arabeska va piruetlarni farqlashni o‘rganamiz.
Vita Xlopova — raqs va balet tarixchisi, xoreografiya tarixi va amaliyoti bo‘yicha ma’ruzalar, esselar hamda kurslarni nashr etuvchi “No Fixed Points” loyihasi muallifi. Vita Igor Moiseyev nomidagi xalq raqs ansamblining artisti bo‘lgan, teatrshunoslik bo‘yicha tahsil olgan, Sorbonna universitetida magistratura va “Université Paul Verlaine”da aspiranturani tamomlagan.
29-MART
Fortepiano musiqasi konserti
Royal atrofida yosh sozandalar, talabalar va musiqa maktablari o‘quvchilari jam bo‘ladi. Dasturdan Jorj Bizening “Karmen” operasidan parchalar hamda mahalliy va xorijiy bastakorlarning turli fortepiano asarlari o‘rin olgan. Konsert akademik musiqa olamini kashf etayotgan jajji kitobxonlar va ularning ota-onalari uchun tashkil etilgan.
Inglizzabon kitoblar to‘garagi
“What do you do with an Idea?” (“G‘oya bilan nima qilasiz?”) — yapon adibi Kobi Yamadaning o‘z g‘oyalarida salohiyatni topish va ularni rivojlantirishni o‘rganayotgan bola haqidagi kitobi. Ijodiy g‘oyalar qanday o‘sib, dunyoni o‘zgartira oladigan katta va muhim narsaga aylanishi mumkinligini muhokama qilamiz.
RO‘YXATDAN O‘TISH ochiladi 23.03-12:00
Alisher Navoiy nomidagi katta teatrga sayohat
Kutubxona avtobusida O‘zbekistonning eng yaxshi teatrlardan biriga boramiz. Teatr binosi va intererlari tarixi bilan tanishamiz. Sahna ortiga o‘tib, ustaxonalar va repetitsiya xonalariga nazar tashlaymiz. Liboslar va sahna qanday yaratilishini o‘rganib, mumtoz teatr muhitini his etamiz. Yig‘ilish kutubxonaga kiraverishda soat 15:00da. Avtobus ishtirokchilarni teatrga olib boradi va kutubxonaga qaytarib keladi.
Tanishtiruv sayohati o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
Joylar soni cheklangan. Iltimos, @acdflibrary da roʻyxatdan oʻting.