Ovoz yozish studiyasi

Studiyani band qilish uchun so‘rovnoma yuboring. Unda o‘z loyihangizni batafsil tavsiflang.

Ariza yuborilgach, 10 ish kuni mobaynida studiya boshqaruvchisi siz bilan elektron pochta yoki telefon orqali bog‘lanib, band qilish sanasi va vaqtini taklif qiladi yoki loyiha haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘raydi.

Kutubxona studiyasida siz oyiga bittadan ko‘p bo‘lmagan loyihani yozib olishingiz mumkin. Biz reklama, tijorat faoliyati, targ‘ibot bilan bog‘liq arizalarni qabul qilmaymiz. Kutubxona talabgorga rad etish sabablarini tushuntirmaslik huquqiga ega. Ish vaqti 50 daqiqadan oshmasligi darkor. Studiya xodimlari anjom-uskunalarni sozlashga yordam beradilar, lekin audio montaj, yozuvni takomiliga yetkazishni amalga oshirmaydilar.