O‘zbekistonning nabotot naqshlari haqida ma’ruza (9+)
Shanba, 14 mart 16:00 – 17:00
Naqsh — O‘zbekiston amaliy san’atining turli an’analarini birlashtirgan ramziy tasvir tilidir. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori Ravshan Fathullayev bilan birga naqsh shakllari vaqt o‘tgani sari qanday o‘zgarganini, badiiy tasvirlar esa hunarmandchilik turlari hamda hududlar bo‘ylab qay tarzda sayqallanganini ko‘rib chiqamiz.