Varraklar sayli
18-aprel
Bahorda shamol varraklarni osmonga ko‘tarib, shamolparraklarni aylantirib, mahallalarni o‘yin-kulgi va quvonchga to‘ldiradi. Biz sizni shu harakatni his etishga va unda yaratuvchanlik hamda ijod uchun imkon topishga taklif qilamiz. Reja quyidagicha: me’morlar va rassomlar bilan varraklar yasab, ularga rasmlar chizamiz, olimlar bilan suhbatlashamiz, o‘yinlar o‘ynaymiz va elektron musiqa to‘lqinlarida zavq olamiz.
DASTUR
Shamolparrak o‘yinchoqlar ustaxonasi 0–5
Navro‘z kunlari hovlilar kulgiga, o‘yinga va deyarli uzluksiz harakatga to‘ladi. Kichkintoylar va ota-onalar bilan birga ko‘klam shamolidan jonlanadigan yorqin shamolparraklar yasaymiz va ularni darhol amalda sinab ko‘ramiz.
Oilaviy varrak yasash ustaxonasi 5+
Varrak yasaymiz! Ularni yorqin, rang-barang qog‘oz dumlar va tasmalar bilan bezatib, bahor osmoniga uchiramiz. Ustaxonaga istalgan vaqtda kelib qo‘shilish va o‘z sur’atida ishlash uchun kutubxona muhofizlari batafsil yo‘riqnoma tayyorladilar. Kichik yoshdagi bolalar ota yoki onalarining kuzatuvi ostida ishtirok etishlari mumkin.
Rangli varraklar yasash ustaxonasi 7+
Bolalar musavvir Nigina Mirzajonova boshchiligida varraklarni gullar, qushlar va ertak jonivorlari bilan bezaydilar.
O‘zbekcha kitob to‘garagi 6–10
“Quvonch” — o‘zbek adibasi Dinara Mo‘minova qalamiga mansub yangi hikoya. U buvisi va bobosining oldiga uchib borib, yo‘l-yo‘lakay sovg‘a-salomlar yig‘ib ketayotgan bola haqidagi ertak. Bolaning qo‘lida halvo, parvarda, novvot — oila va bolalik haqidagi iliq xotiralarni o‘zida saqlagan shirinliklar bor.
RO‘YXATDAN O‘TISH 13-aprel 12:00 da ochiladi
Varrak yasash bo‘yicha mahorat darsi 8+
Qadimdan varraklar signal uzatish, biror nima tashish, dalalarni kuzatish va hatto, odamlarni havoga ko‘tarish uchun ishlatilgan! “Yosh me’morlar jamiyati” muhofizlari muhandislik kashfiyotlari, aerodinamika sirlari, olimlar va rassomlarning tajribalari bilan tanishtiradilar, shuningdek, bolalar bilan birgalikda uchar qurilmalarni qadam-baqadam yig‘adilar.
Balandlik optikasi: osmon bizga nega kerak? “Uzkosmos” izoh beradi 9+
Geoaxborot tizimlari sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, koordinatalari, kuzatuvlaridan Yer xaritasini tuzadi. Bu yerda hammasini balandlik hal qiladi: varrak qarash nuqtasini o‘zgartiradi, sun’iy yo‘ldoshlar esa butun sayyoraga umumiy nazar tashlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar agentligi mutaxassislari sun’iy yo‘ldosh tasvirlari qanday qilib xaritalarga aylanishi va ular yordamida dunyoni yaxshiroq tushunish haqida so‘zlab berishadi.
Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Jo‘shqin o‘yinlar 5+
An’anaviy o‘zbek o‘yinlari olamiga sho‘ng'iymiz va bo‘sh vaqtimizni qanday o‘tkazishimiz haqida tajriba almashamiz — “Laylak keldi” o‘yini bilan bahorni chorlaymiz, “Baliqchilar va baliqlar” orqali chaqqonligimizni sinaymiz va jo‘shqin “Oq terakmi, ko‘k terak?» o‘yinini yodga olamiz. Oddiy qoidalar, turli xil harakatlar va olam-olam zavq!
Stol o‘yinlari to‘garagi 6–10
Mashhur “Karkasson Junior” nomli stol o‘yinining bolalarga mo‘ljallangan shakli bizni kichik o‘rta asr qirolligidagi ko‘klam ayyomiga yetaklaydi. O‘yin davomida qo‘y, jo‘ja va sigirlarni qo‘yib yuboramiz, so‘ngra ularni kulgili kichik musobaqada quvnoq tarzda qayta yig‘amiz.
RO‘YXATDAN O‘TISH 13-aprel 12:00 da ochiladi
Varrak yasash bo‘yicha mahorat darsi 13+
Shamol va qog‘oz varraklarning asosiy elementi, ammo qadim zamonlardan odamlar ulardan ish quroli sifatida foydalangan.
“Yosh me’morlar jamiyati” muhofizlari muhandislik kashfiyotlari, aerodinamika sirlari, olimlar va rassomlarning tajribalari bilan tanishtiradilar, shuningdek, bolalar bilan birgalikda uchar qurilmalarni qadam-baqadam yig‘adilar.
Elektron musiqa mahorat darsi 7+
Ohang hamma joyda eshitilishi mumkin, lekin uni ilg‘ab olish muhim. LOUD373 — qo‘qonlik yosh prodyuserlarning musiqiy loyihasi. Ularning musiqasi hovlilar, yo‘llar va hamisha yonma-yon esib turgan shamoldan yaralgan. Ishtirokchilar zarblarni yaratish asoslari bilan tanishadilar va shamol varraklarni osmonga ko‘targanidek, tovush bilan tajriba o‘tkazishga harakat qiladilar.
Joylar soni cheklangan. Iltimos, @acdflibrary da roʻyxatdan oʻting.