Nafis san‘at ustaxonasi

Nafis san‘at ustaxonasi

Respublika bolalar kutubxonasi va O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi dasturi

Muzey ishining an’anaviy shakllari zamonaviy ta’lim va inklyuziv amaliyotlar bilan uyg‘unlashtiriladigan ustaxonalar, sayohatlar va uchrashuvlar turkumi. Biz uchun san’at nafaqat o‘rganiladigan, balki boshdan kechiriladigan bo‘lishi juda muhim: bola tadqiqotchiga, muzey esa muloqot va xayoliy tasavvurning xavfsiz makoniga aylanadi.

O‘rol Tansiqboyev (1904–1974) — O‘zbekiston xalq rassomi, milliy rangtasvir maktabining asoschilaridan biri. Uy-muzeyi yaqinda qayta ta’mirlanganidan so‘ng tashrif buyuruvchilar uchun yana o‘z bag‘rini ochdi. Yangilangan memorial ekspozitsiya rassomning uyi va ustaxonasidagi muhitni saqlab bo‘lib, bu yerda uning asarlari, eskizlari va shaxsiy buyumlarini ko‘zdan kechirishmumkin.

Uy-muzeyi dasturi

Qoralamalar ustaxonasi. Predmet

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
13.00–14.00

“Chizgilar” hamjamiyatining rassomi va muhofizi Kseniya Savva bilan birga ishtirokchilar buyumlarni badiiy tasvirlar sifatida o‘rganadilar — kuzatadilar, taqqoslaydilar va asosiysini axtaradilar. Tez va dadil chizamiz, turli burchaklarni sinab ko‘ramiz, chiziqlar maromini hamda har kim o‘zi bilan olib keladigan buyumlar shaklining kayfiyatini izlaymiz.

Tavsiya etiladigan yosh: 9+ 

Dizayn ustaxonasi

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
15.00–16.00

Dizayner va pedagog Vera Chursina bilan birgalikda ishtirokchilar qayta ishlangan ashyolar — gazmol, charm sanoati chiqindilari va iste’moldan chiqqan buyumlardan taqinchoq hamda bezaklar yaratadilar. Ashyolarni ifodali qismlar sifatida tadqiq etamiz, shakl, faktura va birikmalar bilan tajriba o‘tkazamiz, moda, uslub hamda ongli iste’mol haqida suhbatlashamiz.

Tavsiya etiladigan yosh: 9+

Qoralamalar ustaxonasi. Portret

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
13.00–14.00

Bir nechta chiziqda harakat va xususiyatni qanday ko‘rish mumkin? “Chizmalar” hamjamiyatining rassomi va muhofizi Kseniya Savva bilan birgalikda ishtirokchilar o‘zlarini musavvir va model sifatida sinab ko‘rishadi! Jonli holatlarni chizamiz, marom, imo-ishora va kayfiyatni qidiramiz. Chizmalar akademik rasm chizishning asosi va eng haqqoniy badiiy amaliyotlardan biridir. Ular nafaqat qo‘lni, balki nigohni ham rivojlantirib, aniq ko‘rish, kuzatuvchanlik va tafsilotlarga e’tibor bilan qarashga yordam beradi. Eng muhimi esa, rasm chizish murakkab emas, balki oson va qiziqarli jarayon ekanini ko‘rsatadi.


Tavsiya etiladigan yosh: 9+

Dizayn ustaxonasi

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi
15.00–16.00

Dizayner va pedagog Vera Chursina bilan birgalikda ishtirokchilar qayta ishlangan ashyolar — gazmol, charm sanoati chiqindilari va iste’moldan chiqqan buyumlardan taqinchoq hamda bezaklar yaratadilar. Ashyolarni ifodali qismlar sifatida tadqiq etamiz, shakl, faktura va birikmalar bilan tajriba o‘tkazamiz, moda, uslub hamda ongli iste’mol haqida suhbatlashamiz.


Tavsiya etiladigan yosh: 9+

Muzeyga kirish bepul. Sayohatlar so‘rov bo‘yicha tashkil etiladi.
 
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bo‘z-1 mavzesi, 5/1A-uy
Telefon: +998 (71) 262-62-30
Ish vaqti: seshanba–yakshanba kunlari  soat 10:00dan 18:00gacha

Yandex.Xaritalar
2GIS
Google Maps