Nafis san’at ustaxonasi
Oktabr oyida shakl, hajm va fakturani o‘rganamiz. Qatnashchilar qalin karton, sim, folga, plastilin, qog‘oz va papye-mashe (ishlov berilgan qog‘oz massasi) dan kompozitsiyalar, siluetlar va relyeflar yaratadilar.
Turkum beshta mashg‘ulotdan iborat. Mashg‘ulotlar Respublika bolalar kutubxonasida o‘tkaziladi.
Boshlovchi: rassom Nigina Mirzajonova
Ishtirokchilarning tavsiya etilgan yoshi: 8-12 yosh
DASTUR
Hajm
Qalin kartondan yasalgan erkin shakldagi 3D-modellar. Kompozitsiyaning rangi, ko‘lami va muvozanati ustida ishlaymiz.
Chiziq
Sim va folgadan hajmli kompozitsiyalar. Chiziq qahramon harakati va xarakterini qanday ifodalashi mumkinligini o‘rganamiz.
Relyef
Qalin karton va plastilindan hajmli applikatsiyalar. Botiq va bo‘rtib chiqqan elementlarni, shuningdek, silliq va g‘adir-budur fakturalarni bir-biri bilan uyg‘unlashtiramiz.
Siluet
Siluet va konturni o‘rganamiz: kartondan shakllarni qirqib olamiz, ularni kompozitsiyalarga birlashtiramiz hamda rang va makon bilan ishlaymiz.
Shakl
Papye-mashe (ishlov berilgan qog‘oz massasi)dan mavhum obyektlar yaratamiz hamda faktura va hajm bilan tajriba o‘tkazamiz.
Ishtirok etish tartibi
Ustaxonada qatnashish uchun 1-oktabrga qadar ishtirokchi so‘rovnomasini to‘ldirish kerak. Ota-onalardan bola, uning qiziqishlari hamda ijodiy mashg‘ulotlardagi tajribasi haqida qisqacha so‘zlab berishlarini so‘raymiz. Bu bizga qiziqishi yuqori bo‘lgan guruhni shakllantirishga yaqindan yordam beradi.
Arizalar qabuli yakunlangach, ustaxona jamoasi so‘rovnomani ko‘rib chiqadi va saralashdan o‘tgan ishtirokchilarning ota-onalari bilan bog‘lanadi. So‘rovnomani to‘ldirish guruhga avtomatik ravishda qabul qilinishni anglatmaydi. Saralashdan o‘tsangiz, chatga qo‘shilish havolasini elektron manzilingizga yuboramiz.
Ishtirok etish bepul, qatnashchilar oldindan saralab olinadi.
Nafis san’at ustaxonasi — bolalar amaliyot orqali san’at bilan tanishadigan ta’lim dasturi. Undagi mashg‘ulotlarda ishtirokchilar rassomlarning asarlarini ko‘zdan kechiradilar, ularni muhokama qiladilar va turli usullarni sinab ko‘radilar. Biz uchun tayyor nusxanii takrorlash emas, balki kuzatish, tajriba o‘tkazish, o‘z yechimlarimizni topish va ko‘rganlarimiz haqida fikr yuritishni o‘rganish muhimdir.
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.