To‘garaklar
To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz o‘qiymiz, muhokama qilamiz, o‘yin o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz
Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, ularga bir marta yoki doimiy ravishda kelishingiz mumkin. Mutolaa, stol o‘yinlari va mavzuli to‘garaklarga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Har oyda biz muloqot to‘garaklariga mavzularni tanlaymiz, mutolaa uchun yangi kitoblarni kashf etamiz, o‘yin va mavzuli to‘garaklarning ssenariylarini yangilaymiz. Jadval har oyda bir marta e’lon qilinadi.
KITOB TO‘GARAKLARI
Inglizzabon kitob to‘garagi
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
6-noyabr
Kitob nomi: “We Are Friends in the Forest”. Muallif va rassom: Syu Dauning.
O‘rmon do‘stlari bilan tanishamiz, yorqin rasmlarni ko‘rib chiqamiz va jonivorlarning bir-biriga qanday g‘amxo‘rlik qilishi haqida suhbatlashamiz.
Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova
O‘zbek tilida kitob to‘garagi
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
13-noyabr
Kitob nomi: “Tuyg‘ularni o‘rganamiz”.
Turli his-tuyg‘ular bilan tanishamiz, yorqin rasmlarni tomosha qilamiz va kitobdagi maxsus elementlarni paypaslab ko‘ramiz.
Boshlovchi: Shahzoda Jo‘rayeva
O‘zbek tilida kitob to‘garagi
O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
7-noyabr
Kitob nomi: “Uzunpaypoq Peppi”. Muallif: Astrid Lindgren
G‘ayritabiiy va juda jasur Peppi bilan tanishamiz, uning uyi, do'stlari va hayratomuz kuchi haqida bilib olamiz. Shuningdek, rasmlarni ko‘zdan kechirib, u boshqa bolalardan nimasi bilan farqlanishini muhokama qilamiz.
Boshlovchi: Surayyo To‘raqulova
Inglizzabon kitob to‘garagi
Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘yin o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Nutq, tafakkur hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
14-noyabr
Kitob nomi: “Mini and Hardly and the Big Adventure”. Muallif va rassom: Ketrin Reyner
Katta bo‘lishni orzu qilib, sarguzashtga otlangan Mini va Xardi ismli kichkina yakkashoxlar bilan tanishamiz. Do‘stlik, ulg‘ayish hamda kichik bo‘lish — umuman ayb emasligi haqida suhbatlashamiz.
Boshlovchi: Zuhra Xayrutdinova
Xitoy tilidagi kitob to‘garagi
Xitoy tilidagi kitoblarni o‘qiymiz va iyerogliflar bilan tanishamiz. O‘qish, muloqot va ijodiy topshiriqlar orqali so‘z boyligimizni oshiramiz. Xitoy tilida so‘zlashish, hisoblash va yozishni o‘rganamiz, shuningdek, madaniyat hamda zamonaviy Chin yurti haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
7-noyabr
21-noyabr
Boshlovchilar: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti” o‘qituvchilari
Voqeiy hikoyalar to‘garagi
Atrofimizdagi olam — fan, tarix, jamiyat, san’at va odamlar haqidagi kitoblarni o‘qiymiz va muhokama qilamiz. Savollar berishni, dalillar orasidagi bog‘liqlikni topishni hamda shaxsiy kuzatuvlarimiz bilan o‘rtoqlashishni o‘rganamiz. Har bir uchrashuv bitta kitob yoki mavzuga bag‘ishlanadi va erkin suhbat uchun ochiq bo‘ladi.
26-noyabr
Boshlovchi: Dina Adilova
O‘YINLI TO‘GARAKLAR
Stol o‘yinlari to‘garagi
Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, strategiyalargacha tanishamiz. O‘ynaymiz, muloqot quramiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.
7, 14, 21 va 28-noyabr
O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi
Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2–3 xil stol o‘yinlari uyushtiriladi.
7, 14, 21 va 28-noyabr
MAVZULI TO‘GARAKLAR
Kompyuter savodxonligi to‘garagi
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
21-noyabr
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Raqamli savodxonlik to‘garagi
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
21-noyabr
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Robototexnika to‘garagi
Robototexnika asoslari bilan tanishamiz hamda oddiy mexanizmlar va dasturlashtiriladigan qurilmalar yaratishni oʻrganamiz. Qoʻllab-quvvatlovchi va izlanishlarga boy muhitda namunaviy nusxalarni oʻz qoʻllarimiz bilan yigʻib, ularni amalda sinab koʻrgan holda sezgichlar, motorlar va algoritmlar qanday ishlashini tushunib olamiz. To‘garak bir oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
29-noyabr
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
O‘smirlar kino to‘garagi
O‘smirlar uchun va o‘smirlar haqidagi filmlarni — mumtoz asarlardan tortib zamonaviy kinogacha, turli janr va tillardagini ko‘ramiz hamda ularni muhokama qilamiz. Qahramonlar, syujetlar, vizual til va mazmun-mohiyati haqida suhbatlashamiz, mayda detallargacha e’tibor berishni va shaxsiy fikrimizni ifodalashni o‘rganamiz. To‘garak uchrashuvlari bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
7-noyabr
21-noyabr
Boshlovchi: Kamilla Qayumova
Tabiatshunoslar to‘garagi
Jonli tabiatni tadqiq etamiz, atrofimizdagi o‘simliklar, mavjudotlar va mavsumiy o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatishni o‘rganamiz. Uchrashuvlarda xuddi haqiqiy tabiatshunoslar kabi o‘z kashfiyotlarimizni ko‘rib chiqamiz, taqqoslaymiz, qayd etib boramiz va muhokama qilamiz. To‘garak uchrashuvlari bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
7, 21-noyabr
Boshlovchi: Dina Adilova
TO‘GARAK FAOLIYATINI BOSHLASH
Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz.
Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchiyu ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.
Joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.