To‘garaklar
To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz o‘qiymiz, muhokama qilamiz, o‘yin o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz
Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, ularga bir marta yoki doimiy ravishda kelishingiz mumkin. Mutolaa, stol o‘yinlari va mavzuli to‘garaklarga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Har oyda biz muloqot to‘garaklariga mavzularni tanlaymiz, mutolaa uchun yangi kitoblarni kashf etamiz, o‘yin va mavzuli to‘garaklarning ssenariylarini yangilaymiz. Jadval har oyda bir marta e’lon qilinadi.
KITOB TO‘GARAKLARI
Inglizzabon kitob to‘garagi
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
9-oktabr
Kitob nomi: “Little Lift and Look: Bugs”. Muallif: Anna Milburn, rassom Sara Allen
Derazalarni ochib, hasharotlar bilan tanishamiz va barglar hamda gullar orasida kimlar yashashini birgalikda ko‘zdan kechiramiz.
Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova
O‘zbek tilida kitob to‘garagi
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
2-oktabr
Kitob nomi: “Animal Homes” (“Hayvonlar uylari”). “Wonder House” nashriyoti
Turli jonivorlar qayerda yashashini bilib olamiz, derazalar ostiga mo‘ralaymiz va tabiat olamidagi uychalar haqida suhbatlashamiz.
Boshlovchi: Shahzoda Jo‘rayeva
O‘zbek tilida kitob to‘garagi
O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak har shanba kuni o‘tkaziladi.
10-oktabr
Kitob nomi: “Sehrgar Oz mamlakatida”. Muallif: Laymen Frenk Baum.
Oktabr oyining birinchi uchrashuvida Doroti va uning Zumrad shaharga sayohati haqidagi kitobning so‘nggi ikki bobini o‘qib tugatamiz.
Boshlovchi: Surayyo To‘raqulova
Inglizzabon kitob to‘garagi
Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘yin o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Nutq, tafakkur hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
3-oktabr
Kitob nomi: “The Hospital Dog”. Mualliflar: Julia Donaldson va Sara Ogilvi
Kichkina bemorlarni yo‘qlab kelib, ularga musibatlarni yengishga yordam beradigan mehribon shifoxona kuchugi haqidagi iliq hikoya. E’tibor, g‘amxo'rlik va yaqin insonning elkasiga suyanish tasalli berishi, quvonchni qaytarishi haqida suhbatlashamiz.
Boshlovchi: Zuhra Xayrutdinova
Brayl alifbosidagi kitob to‘garagi
To‘garak Brayl alifbosini yaxshi biladiganlar yoki endigina tanishishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan. Brayl yozuvida lotin imlosida chop etilgan o‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, paypaslab o‘qishni mashq qilamiz, hikoyalar yuzasidan fikr almashamiz, matnlarni sharhlashni o‘rganib, o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Ishtirokchilar taktil materiallar bilan ishlaydilar hamda o‘qish uslubini o‘zlashtiradilar. To‘garak bir oyda bir marta o‘tkaziladi.
9-oktabr
Boshlovchi: Tiflopedagog Mavluda Karimova
Voqeiy hikoyalar to‘garagi
Atrofimizdagi olam — fan, tarix, jamiyat, san’at va odamlar haqidagi kitoblarni o‘qiymiz va muhokama qilamiz. Savollar berishni, dalillar orasidagi bog‘liqlikni topishni hamda shaxsiy kuzatuvlarimiz bilan o‘rtoqlashishni o‘rganamiz. Har bir uchrashuv bitta kitob yoki mavzuga bag‘ishlanadi va erkin suhbat uchun ochiq bo‘ladi.
To‘garakning kuzgi ilk uchrashuvida mavsum uchun mavzular va kitoblar tanlaymiz.
Boshlovchi: Dina Adilova
O‘YINLI TO‘GARAKLAR
Stol o‘yinlari to‘garagi
Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, strategiyalargacha tanishamiz. O‘ynaymiz, muloqot quramiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.
3-, 10-, 17-, 24- va 31-oktabr
O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi
Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2–3 xil stol o‘yinlari o‘tkaziladi.
3-, 10-, 17-, 24- va 31-oktabr
MAVZULI TO‘GARAKLAR
Kompyuter savodxonligi to‘garagi
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
17-oktabr
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Raqamli savodxonlik to‘garagi
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
17-oktabr
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Robototexnika to‘garagi
Robototexnika asoslari bilan tanishamiz hamda oddiy mexanizmlar va dasturlashtiriladigan qurilmalar yaratishni oʻrganamiz. Qoʻllab-quvvatlovchi va izlanishlarga boy muhitda namunaviy nusxalarni oʻz qoʻllarimiz bilan yigʻib, ularni amalda sinab koʻrgan holda sezgichlar, motorlar va algoritmlar qanday ishlashini tushunib olamiz. To‘garak oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
25-oktabr
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
O‘smirlar uchun kino to‘garagi
O‘smirlar uchun va o‘smirlar haqidagi filmlarni — mumtoz asarlardan tortib zamonaviy kinogacha, turli janr va tillardagini ko‘ramiz hamda ularni muhokama qilamiz. Qahramonlar, syujetlar, vizual til va mazmun-mohiyati haqida suhbatlashamiz, mayda jihatlarigacha e’tibor berishni va shaxsiy fikrimizni aniq ifodalashni o‘rganamiz. To‘garak uchrashuvlari bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
10-oktabr
Boshlovchi: Kamilla Qayumova
Tabiatshunoslar to‘garagi
Jonli tabiatni tadqiq etamiz, atrofimizdagi o‘simliklar, mavjudotlar va mavsumiy o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatishni o‘rganamiz. Uchrashuvlarda xuddi haqiqiy tabiatshunoslar kabi o‘z kashfiyotlarimizni ko‘rib chiqamiz, taqqoslaymiz, qayd etib boramiz va muhokama qilamiz. To‘garak uchrashuvlari bir oyda 1-2 marta o‘tkaziladi.
31-oktabr
Boshlovchi: Dina Adilova
TO‘GARAK FAOLIYATINI BOSHLASH
Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz.
Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchi ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.
Joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.