To‘garaklar

To‘garaklar

To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz o‘qiymiz, muhokama qilamiz, o‘yin o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz

Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, ularga bir marta yoki doimiy ravishda kelishingiz mumkin. Mutolaa, stol o‘yinlari va mavzuli to‘garaklarga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Har oyda biz muloqot to‘garaklariga mavzularni tanlaymiz, mutolaa uchun yangi kitoblarni kashf etamiz, o‘yin va mavzuli to‘garaklarning ssenariylarini yangilaymiz. Jadval har oyda bir marta e’lon qilinadi.

KITOB TO‘GARAKLARI

Inglizzabon kitob to‘garagi
(0–5 yosh)

Juma kunlari, 11:00–11:30
Kichik transformer zali

Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.

11-sentabr
Kitob nomi: “Bu mening jo‘jam emas”. Muallif: Fiona Uott. 
Jo‘jalarimiz qayerda ekan? Biz uni birgalikda qidiramiz, turli xil to‘qimalarni o‘rganamiz va bir jo‘ja boshqasidan nimasi bilan farq qilishini tushunib olamiz.

25-sentabr
Kitob nomi: “Voy, azizim”. Muallif: Rod Kempbell.
Baster bilan birga fermaga yo‘l olamiz. Omborga, otxonaga va fermaning boshqa burchaklariga mo‘ralaymiz, jonivorlar bilan tanishamiz hamda nonushta uchun tuxum izlaymiz.

Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova

O‘zbek tilida kitob to‘garagi
(0–5 yosh)

Juma kunlari, 11:00–11:30
Kichik transformer zali

Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.

4-sentabr
Kitob nomi: “Yarmarkadagi quvnoqlik”, Mualliflar: Damian Harvey va Xanna Wud
Yarmarkaga yo‘l olamiz. Qahramonlar bilan birgalikda attraksionlarni tanlaymiz va ular o‘ziga mosini topa oladimii-yo‘qmi, bilib olamiz.

18-sentabr
Kitob nomi: “Dadaning to‘ri”. Mualliflar: Kler Levelin va Loren Bird.
To‘rni olib, qirg‘oqqa boramiz. Bizni ajoyib topilmalar va kichik sovg‘alar kutmoqda.

Boshlovchi: Nigora Rahimova

O‘zbek tilida kitob to‘garagi
(6–10 yosh)

Shanba kunlari, 13:00–13:30, 13:30–14:00 
Kichik transformer zali

O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak har shanba kuni o‘tkaziladi.

12-sentabr
Kitob nomi: “Sehrgar Oz mamlakatida”. Muallif: Laymen Frenk Baum.
To‘fon Doroti va Totoshkani sehrli Oz mamlakatiga olib ketadi. Uyga qaytish uchun Doroti Zumrad shahriga, Oz sehrgarning huzuriga yo‘l oladi va yangi do‘stlar orttiradi.

26-sentabr 
Kitob nomi: “Sehrgar Oz mamlakatida”. Muallif: Laymen Frenk Baum.
Doroti va uning do‘stlari Zumrad shahriga yo‘lni davom ettiradilar. Yo‘lda ular yangi sarguzashtlar va kutilmagan xatarlarga uchraydilar.

Inglizzabon kitob to’garagi
(6–10 yosh)

Shanba kunlari, 13:00–13:30, 13:30–14:00
Kichik transformer zali

Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘yin o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Nutq, tafakkur hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. Klub shanba kunlari o‘tkaziladi.

19-sentabr 
Kitob nomi: “Mening dadam — daraxt”. Muallif: Jon Eyji. 
Mehrga to‘la ushbu hikoya daraxt bo‘lish nima ekanligini ko‘rsatib beradi. Madelin va uning dadasi bilan birga daraxt hayotida tundan tonggacha nima sodir bo‘lishini bilib olamiz.

Brayl alifbosidagi kitob to‘garagi
(12+)

Shanba kunlari, 15:00–16:00
Kichik transformer zali

To‘garak Brayl alifbosini yaxshi biladiganlar yoki endigina tanishishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan. Brayl yozuvida lotin imlosida chop etilgan o‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, paypaslab o‘qishni mashq qilamiz, hikoyalar yuzasidan fikr almashamiz, matnlarni sharhlashni o‘rganib, o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Ishtirokchilar taktil materiallar bilan ishlaydilar hamda o‘qish uslubini o‘zlashtiradilar. To‘garak bir oyda bir marta o‘tkaziladi.

12-sentabr

Boshlovchi: Tiflopedagog Mavluda Karimova

O‘YINLI TO‘GARAKLAR

Stol o‘yinlari to‘garagi
(6–10 yosh)

Juma kunlari, 16:00–17:00 
Majlislar zali

Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, strategiyalargacha tanishamiz. O‘ynaymiz, muloqot quramiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.
 
4-sentabr
Taktik o‘yinlar: “Karkasson: Kichkinoylar uchun”, “Graviti Folz: cheksiz yoz”

11-sentabr
Sayohatlar va sarguzashtlar: “Qaroqchilar afsonalari”, “Mandalorets: Grogu va qurbaqalar poygasi”.

18-sentabr
Tezkorlik va diqqatni jamlash oʻyinlari: “Mushuk + hisob”, “Tulki, tovuqlar, 5 ta tuxum!”

25-sentabr
Uch mushukcha o‘yinlari: “Uch mushuk: Qisqichbaqalar ortidan quvib”, “Uch mushuk: Dadamning tug‘ilgan kuni”

O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi
(11+)

Juma kunlari, 17:00–18:00
Majlislar zali

Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2–3 xil stol o‘yinlari o‘tkaziladi.

4-sentabr
Hamkorlikdagi vazifalar. O‘yin nomi: “Alias”.

11-sentabr
Taktik o'yinlar: “Osmon saltanati darvozasi”, “Nyu-York zooparki”

18-sentabr
Strategik o‘yinlar: “Evolyutsiya: Yangi dunyo”, “Kalimala: Florensiyalik savdogar”

25-sentabr
Beng o‘yinlari: “Beng! Samuray qilichi”, «Beng! Duel»

MAVZULI TO‘GARAKLAR

Kuzatuvchanlik to‘garagi
(16+)

Juma kunlari, 18:00–19:00
Majlislar zali

Kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiramiz va tasvirlar, vizual madaniyat hamda media muhitga yanada sinchkovlik bilan qarashni o‘rganamiz. Did va tanqidiy fikrlashni shakllantirgan holda kino hamda sanʼatdan misollar keltirib, ulardagi nozik jihatlar, mazmun-mohiyatlarni muhokama qilamiz. To‘garak oyda bir marta o‘tkaziladi.

18-sentabr

Boshlovchi: badiiy rahbar va uslubshunos Kamilla Axmed

Kompyuter savodxonligi to‘garagi
(50+)

Shanba kunlari, 14:00–15:30
Ish markazi zali

Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

19-sentabr

Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov

Raqamli savodxonlik to‘garagi
(10+)

Shanba kunlari, 12:00–13:30
Ish markazi zali

Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

20-sentabr

Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov

Robototexnika to‘garagi
(12+)

Yakshanba kunlari, 14:00–16:00
Ish markazi zali

Robototexnika asoslari bilan tanishamiz hamda oddiy mexanizmlar va dasturlashtiriladigan qurilmalar yaratishni oʻrganamiz. Qoʻllab-quvvatlovchi va izlanishlarga boy muhitda namunaviy nusxalarni oʻz qoʻllarimiz bilan yigʻib, ularni amalda sinab koʻrgan holda sezgichlar, motorlar va algoritmlar qanday ishlashini tushunib olamiz. To‘garak oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. 
     
27-sentabr

Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov

O‘smirlar kinoto‘garagi

Shanba kunlari, 18:00–20:00
Majlislar zali

O‘smirlar uchun va o‘smirlar haqidagi filmlarni — mumtoz asarlardan tortib zamonaviy kinogacha, turli janr va tillardagini ko‘ramiz hamda ularni muhokama qilamiz. Qahramonlar, syujetlar, vizual til va mazmun-mohiyati haqida suhbatlashamiz, mayda jihatlarigacha e’tibor berishni va shaxsiy fikrimizni aniq ifodalashni o‘rganamiz. To‘garak uchrashuvlari bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.

26-sentabr

Boshlovchi: Kamilla Qayumova

TO‘GARAK FAOLIYATINI BOSHLASH

Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz.  

Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchi ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.

Joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.