CIRCUIT —

CIRCUIT —

zamonaviy kreativ va raqamli kasblar laboratoriyasi

“CIRCUIT” — raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi bo‘lib, unda bolalar va o‘smirlar amaliyot, tajriba-sinovlar hamda o‘z loyihalari ustida ishlash orqali zamonaviy yo‘nalishlar bilan tanishadilar. Biz nafaqat natija ko‘rsatish, balki tadqiqot, namuna va kashfiyotlar yo‘lini bosib o‘tish muhim bolgan muhitni yaratmoqdamiz.


Laboratoriya ishi yil davomida bir nechta yo‘nalishlar atrofida quriladi.

To‘garak bu —  muntazam uchrashuvlar bo‘lib, unda biz turli mavzularni birgalikda o‘rganamiz. Bu yil dastur 10+ yoshdagi bolalar uchun raqamli savodxonlik ko‘nikmalari va 50+ yoshdagi foydalanuvchilar uchun kompyuter savodxonligi atrofida tuzilgan.

O‘tkazilish davriyligi: bir oyda bir marta


Amaliy kurslar — ko‘nikmalarni tez o‘zlashtirishga yoki mavzuni o‘rganishga qaratilgan (ketma-ket 2-5 kun) ixcham, muayyan yo‘naltirilgan ta’lim dasturi

O‘tkazilish davriyligi: bahorgi, kuzgi va qishki ta’tillarda


Kurs bu — 2–4 hafta davom etadigan AT yoki ijodiy yo‘nalishlardan biri bo‘yicha mavzuli darslar turkumi.

Yozda kutubxonada raqamli she’riyat, ob-havo stansiyasi nusxasini yaratish, 3D va kreativ kodlash bo‘yicha kurslar tashkil etiladi.

O‘tkazilish davriyligi: yozgi ta’tilda


Mashvarat bu —  jamoalar murabbiylik ko‘magida raqamli va ijodiy mahsulotlarning yaroqli nusxasini yaratadigan qizg‘in musobaqa. Yakuniy bosqichda ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini taqdim etadilar.

O‘tkazilish davriyligi: bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki ta’tilda


Raqamli kollajlar bo‘yicha mahorat darsi — “Canva” va “Procreate” dasturida grafik muharrirlaridan foydalangan holda bolalar va kattalar uchun bir martalik tadbir.

O‘tkazilish davriyligi: bayram dasturlari doirasida

TO‘GARAKLAR

Kompyuter savodxonligi to‘garagi
( 50+)

Shanba kunlari, 14:00–15:30

Ish markazi zali

Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Boshlovchi: Kutubxona xodimi Joshkin Matchanov 


14-mart – RO‘YXATDAN O‘TISH

18-aprel

23-may

Raqamli savodxonlik to‘garagi
( 10+)

Yakshanba kunlari, 12:00–13:30

Ish markazi zali

Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Boshlovchi: Kutubxona xodimi Joshkin Matchanov


15-mart – RO‘YXATDAN O‘TISH YOPILDI

19-aprel

24-may

AMALIY KURSLAR

“Arduino” da o‘yinlarni ishlab chiqish bo‘yicha ikki kunlik amaliy kurs
(12+)

Kompyuter sinfi
24, 25-mart
15:00–16:30

Yorug‘lik diodlari va kod yordamida hikoyani qanday so‘zlab berish mumkin? Simon Says — diqqatni rivojlantiruvchi an’anaviy o‘yin bo‘lib, uning elektron shaklida nur diodlari signallarni, tugmalar o‘yinchining javobini belgilaydi, kod esa ketma-ketlikni tekshiradi va o‘yinni murakkablashtiradi. Ishtirokchilar o‘zlarining ishlaydigan nusxasini yig‘adilar va oddiy qoidalarni dasturlashni o‘rganadilar.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari

Amaliy kurs: raqamli kollajlar
(12+)

Ish markazi zali
24, 25-mart
13:00–14:30

“Canva” bilan ikki kunlik vizual o‘z-o‘zini tadqiq etish. Kollaj orqali o‘zimiz haqimizda qanday hikoya qilishimiz mumkin va ijodimiz aslida biz haqimizda nima deya oladi? Mashg‘ulotda kichik “zin” tayyorlaymiz — har bir qatnashchi o‘zining raqamli nashriga ega bo‘ladi. Amaliy kurs ikki kunga mo‘ljallangan: ishtirok ikkala mashg‘ulotda ham hozir bo‘lishni taqozo etadi.

Muloqot tili: rus tili

MASHVARAT

“Ijodiy laboratoriya” mashvarati
(12+)

Ish markazi zali
26, 27-mart
13:00–15:00

Jamoalarda bolalar o‘zlariga qiziq bo‘lgan g‘oyalarni izlaydilar, amaliy vazifalarni muhokama qiladilar va shaxsiy fikrlarini loyihalarning dastlabki namunalariga aylantiradilar. Kuchli g‘oya qanday tug‘ilishini, uni nima tushunarli va qimmatbaho qilishini, farazlarni qay tarzda tekshirishni va nega o‘z g‘oyasi haqida dadil gapira olish muhimligini ko‘rib chiqamiz. Ikki kun ichida ishtirokchilar “agara…bo‘lganida edi”dan boshlab tayyor konsepsiya va taqdimotgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadilar va suhbat hamda xomaki variantlardan qanday qilib haqiqiy loyiha paydo bo‘lishi mumkinligining guvohiga aylanadilar.

Muloqot tili: rus tili

Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.