CIRCUIT —

CIRCUIT —

zamonaviy kreativ va raqamli kasblar laboratoriyasi

“CIRCUIT” — raqamli va kreativ kasblar laboratoriyasi bo‘lib, unda bolalar va o‘smirlar amaliyot, tajriba-sinovlar hamda o‘z loyihalari ustida ishlash orqali zamonaviy yo‘nalishlar bilan tanishadilar. Biz nafaqat natija ko‘rsatish, balki tadqiqot, namuna va kashfiyotlar yo‘lini bosib o‘tish muhim bolgan muhitni yaratmoqdamiz.

Laboratoriya ishi yil davomida bir nechta yo‘nalishlar atrofida quriladi.

To‘garak bu —  muntazam uchrashuvlar bo‘lib, unda biz turli mavzularni birgalikda o‘rganamiz. Bu yil dastur 10+ yoshdagi bolalar uchun raqamli savodxonlik ko‘nikmalari va 50+ yoshdagi foydalanuvchilar uchun kompyuter savodxonligi atrofida tuzilgan.

O‘tkazilish davriyligi: bir oyda bir marta

Amaliy kurslar — ko‘nikmalarni tez o‘zlashtirishga yoki mavzuni o‘rganishga qaratilgan (ketma-ket 2-5 kun) ixcham, muayyan yo‘naltirilgan ta’lim dasturi

O‘tkazilish davriyligi: bahorgi, kuzgi va qishki ta’tillarda

Kurs bu — 2–4 hafta davom etadigan AT yoki ijodiy yo‘nalishlardan biri bo‘yicha mavzuli darslar turkumi.

Yozda kutubxonada raqamli she’riyat, ob-havo stansiyasi nusxasini yaratish, 3D va kreativ kodlash bo‘yicha kurslar tashkil etiladi.

O‘tkazilish davriyligi: yozgi ta’tilda

Mashvarat bu —  jamoalar murabbiylik ko‘magida raqamli va ijodiy mahsulotlarning yaroqli nusxasini yaratadigan qizg‘in musobaqa. Yakuniy bosqichda ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini taqdim etadilar.

O‘tkazilish davriyligi: bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki ta’tilda

Raqamli kollajlar bo‘yicha mahorat darsi — “Canva” va “Procreate” dasturida grafik muharrirlaridan foydalangan holda bolalar va kattalar uchun bir martalik tadbir.


 O‘tkazilish davriyligi: bayram dasturlari doirasida

TO‘GARAKLAR

Kompyuter savodxonligi to‘garagi
( 50+)

Shanba kunlari, 14:00–15:30
Ish markazi zali

Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Boshlovchi: Kutubxona xodimi Joshkin Matchanov

14-mart
18-aprel
RO‘YXATDAN O‘TISH 13-aprel 12:00 da ochiladi
23-may

Raqamli savodxonlik to‘garagi
( 10+)

Yakshanba kunlari
12:00–13:30
Ish markazi zali

Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Boshlovchi: Kutubxona xodimi Joshkin Matchanov

15-mart
19-aprel
RO‘YXATDAN O‘TISH 13-aprel 12:00 da ochiladi
24-may

Robototexnika to‘garagi

Shanba kunlari, bir oyda bir marta
12:00–13:30
Ish markazi zali

Ishtirokchilar “Arduino” qurilmalarini yig‘adilar va dasturlaydilar, sezgichlar, yorug‘lik, tovush va harakat ustida ishlaydilar, texnologiyalar mantig‘ini tushunishni va g‘oyalarni amalga oshadigan nusxaga aylantirishni o‘rganadilar. Har bir uchrashuv bu — oddiy reaktiv o‘yinlar va kichik-arkadlardan tortib, xavfsizlik tizimlari, “aqlli” qurilmalar va interfaol obyektlargacha bo‘lgan yangi loyihadir.

Boshlovchi: Kutubxona xodimi Joshkin Matchanov

26-aprel
Mavzu: “Electronic Music Lab. Arduino Mini Synthesizer”

RO‘YXATDAN O‘TISH 20-aprel 12:00 da ochiladi

31-may 

Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.