To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz o‘qiymiz, muhokama qilamiz, o‘yin o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz
Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, ularga bir marta yoki doimiy ravishda kelishingiz mumkin. Mutolaa, stol o‘yinlari va mavzuli to‘garaklarga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Ishtirok etish bepul — oldindan ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Har oyda biz muloqot to‘garaklariga mavzularni tanlaymiz, mutolaa uchun yangi kitoblarni kashf etamiz, o‘yin va mavzuli to‘garaklarning ssenariylarini yangilaymiz. Jadval har oyda bir marta e’lon qilinadi.
KITOB TO‘GARAKLARI
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
8-may
Kitob nomi: “G‘aroyib jonzotlar: Tropik o‘rmondagi sarguzashtlar”. Mualliflar: Toni Mitton va Ant Parker
Bu safar Qushcha, Sichqoncha va Quyoncha Janubiy Amerikaning tropik o‘rmonlarida sayr qilib, qoplon, to‘tiqush va yalqov jonivorni uchratishadi.
22-may
Kitob nomi: “G‘aroyib jonzotlar: Sayohat”. Mualliflar: Toni Mitton va Ant Parker
Qushcha, Sichqoncha va Quyoncha sayohatga yo‘l olmoqda. Jonivorlar intizorlik bilan kutmoqda. Biz ham!
Boshlovchi: Nigora Rahimova
O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi vaziyatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz va o‘qiganlarimiz haqida gapirib berishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
2-may
Kitob nomi: “Uyatchan fil”. Muallif: Dinara Muminova
Do‘stlari bilan tortinchoqlikni yengib, o‘ziga ishonishni o‘rganayotgan uyatchan fil hikoyasi
16-may
Kitob nomi: “Mening ALIFBE kitobim”. Muallif: Dinara Muminova
Har bir harfi O‘zbekiston madaniyati unsurlari bilan tanishtiradigan rang-barang alifbo
Boshlovchi: radioboshlovchi Shahzoda Jo‘rayeva
To‘garak Brayl alifbosini yaxshi biladiganlar yoki endigina tanishishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan. Brayl yozuvida lotin imlosida chop etilgan o‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, paypaslab o‘qishni mashq qilamiz, hikoyalar yuzasidan fikr almashamiz, matnlarni sharhlashni o‘rganib, o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Ishtirokchilar taktil materiallar bilan ishlaydilar hamda o‘qish uslubini o‘zlashtiradilar. To‘garak bir oyda bir marta o‘tkaziladi.
2-may
Kitob nomi: “Garri Potter va falsafiy tosh”. Muallif: Joan Rouling
Sehrgarligini payqab, birinchi marta “Xogvars” maktabiga kelib qolgan bola haqidagi mashhur afsona. Bu yerda zinapoyalar yo‘nalishini o‘zgartiradi, maktublarni boyqushlar olib keladi, do‘stlik va jasorat esa yovuzlikka qarshi kurashda asosiy kuchga aylanadi.
Boshlovchi: Tiflopedagog Mavluda Karimova
Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘yin o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘ib, nutq, fikrlash hamda mutolaaga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
3-may
Kitob nomi: “Arlo. The Lion Who Couldn't Sleep”. Muallif: Ketrin Reyner
Juda toliqib, umuman uyqusi kelmaydigan Arlo ismli sher haqidagi hikoya: dono boyqush unga xotirjamlik va uzoq kutilgan hordiqni topishga yordam beradi.
17-may
Kitob nomi: “The Library Book”. Mualliflar:
Gabi Dauni va Ian Morris
Jek ismli bola haqidagi hikoya: u o‘qishni yoqtirmaydi, ammo do‘stining yordami tufayli ko‘z uzib bo‘lmaydigan aynan o‘sha ertakni topadi.
24-may
Kitob nomi: “The Feelings Monsters”. Muallif: Emili Xartmann
Bu yerda har bir tuyg‘u o‘z rangi, xarakteri va kayfiyatiga ega bo‘lgan yorqin qahramonga aylanadi. Kitob turli his-tuyg‘ularning qanday namoyon bo‘lishini muloyimlik bilan ko‘rsatib, ularni boshdan kechirish hayotning tabiiy bir qismi ekanini eslatadi.
31-may
Kitob nomi: “The Library Bus”. Muallif: Bahrom Rahmon
Pari ismli qiz haqidagi hikoya. U onasi bilan birga Qobul hamda uning atrofida avtobusda yurib, ta’lim olish imkoniyati bo‘lmagan qizlarga kitoblar va daftarlar yetkazib beradi. Ta’limning kuchi va hatto, murakkab sharoitlarda ham bilim hayotni qanday o‘zgartirishi mumkinligi haqida suhbatlashamiz.
Boshlovchi: Laziza Tursunova
Xitoy tilidagi kitoblarni mutolaa qilamiz, iyerogliflar bilan qiziqarli va tushunarli tarzda tanishamiz. O‘qish, dialoglar va ijodiy topshiriqlar orqali so‘z boyligimizni oshiramiz, xitoy tilida so‘zlashish, hisoblash va yozishni o‘rganamiz. Shuningdek, madaniyat va zamonaviy Xitoy haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz. To‘garak o‘zbek va rus tillarida bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
3-may
Kitob nomi: “Biz u yerga qanday yetib boramiz”. Muallif: Sinian Kual’e
Xitoy tilida joy nomlarini aytishni o‘rganamiz. Manzilni qanday so‘rashni, oddiy ko‘rsatmalarni o‘qishni va harakatlanish haqida boshlang‘ich dialoglar tuzishni ko‘rib chiqamiz.
17-may
Kitob nomi: “Musiqa tinglashni xush ko‘raman”. Muallif: Sinian Kual’e
Xitoy tilida sevimli mashg‘ulotlar haqida suhbatlashamiz. Qiziqishlarimizni ifodalashni, yoqtirgan mashg‘ulotlarimizni muhokama qilishni va manzur ko‘rganlarimiz bilan o‘rtoqlashishni o‘rganamiz.
Boshlovchi: Sevinch Dilshodbekova
Ichkarida va atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarni yaxshiroq tushunish uchun voqeiy matnlarni o‘qiymiz, g‘oyalarni muhokama qilamiz va qaydlar bilan bo‘lishamiz. Kundalik hayot uchun amaliy yo‘l-yo‘riqlarni izlaymiz, murakkab mavzularni vazminlik bilan va soddalashtirmasdan muhokama qilamiz. To‘garak bir oyda bir marta rus tilida o‘tkaziladi.
22-may
Kitob nomi: “Yo‘qdan bor qilish: san’at yaratish san’ati”. Muallif: Rik Rubin
Ijod tabiati va g‘oyalarning ichki manbayi haqida fikr yuritishga undaydigan kitob. Ochiqlik va dunyoni nozik his etish kundalik tajribani qanday qilib san’atga aylantirishi, hech narsa yo‘qdek tuyulgan joylarda ham ilhom topish mumkinligi haqida suhbatlashamiz.
Boshlovchi: Diyora Ahmedova
MAVZULI TO‘GARAKLAR
Vizual sezgirlik va obrazlarni ma’noli idrok etish haqida suhbatlar. San’at albomlarini o‘rganamiz, reklama kampaniyalarini muhokama qilamiz, filmlardan misollar ko‘rib chiqamiz va ilhom taxtasi bilan ishlashni o‘rganamiz. Diqqat markazida did va tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi jihatlar, mazmun-mohiyat bo‘ladi. To‘garak bir oyda bir marta o‘tkaziladi.
15-may
Boshlovchi: badiiy rahbar va uslubshunos Kamilla Ahmad
So‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalarining rolidan tortib, umumbashariy masalalar va bu jarayonlarda yoshlarning o‘rnigacha bo‘lgan dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzularni muhokama qilamiz. O‘z nuqtayi nazarimizni asoslashni, bir-birimizni tinglashni va tashviqotsiz, fikrni majburan singdirmasdan, hurmat bilan muloqot qurishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
8-may
Uchrashuv mavzusi: “Globallashuv va o‘zlik”
Boshlovchi: Shirinabegim Muhammadjonova
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Axborotni qanday izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz, savollar berib yangi bilimlarni xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda o‘zlashtiramiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
23-may
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Axborotni izlashni va raqamli muhitda qanday yo‘nalish topishni o‘rganamiz, savollar berib yangi bilimlarni xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda o‘zlashtiramiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
24-may
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Robototexnika asoslari bilan tanishib, oddiy mexanizmlar va dasturlanadigan qurilmalarni yaratishni o‘rganamiz. Sezgichlar, motorlar va algoritmlar qanday ishlashini bilib olamiz. Nusxalarni o‘z qo‘limiz bilan yig‘ib, qo‘llab-quvvatlovchi hamda tadqiqot muhitida amalda ularning ishlashini sinab ko‘ramiz. To‘garak bir oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
31-may
Boshlovchi: AT mutaxassisi Jo‘shqin Matchanov
Ifodali va ishonch bilan o‘qishni o‘rganamiz, artikulyatsion gimnastika, nafas mashqlari hamda tez aytishlar bilan tanishamiz. Ohang ustida tajribalar o‘tkazamiz, turli hissiy urg‘ular bilan matnlarni o‘qiymiz va kichik nutqiy etyudlar qo‘yamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
23-may
Boshlovchi: radioboshlovchi Shahzoda Jo‘rayeva
O‘YINLI TO‘GARAKLAR
Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar va hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, strategiyalargacha tanishamiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.
2-may Mavzu: Tezlik va diqqatni rivojlantiruvchi o‘yinlar. O‘yin nomi: “Elli va Totoshkaning sarguzashtlari”
16-may Mavzu: Strategiyalar. O‘yin nomi: “Tasavvur: Junior”
23-may Mavzu: Tezlik va diqqatni rivojlantiruvchi o‘yinlar. O‘yin nomi: “Sigir 006”
Boshlovchi: Laziza Tursunova
Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2–3 xil stol o‘yinlari o‘tkaziladi.
3-may Mavzu: Hamkorlikdagi vazifalar. O‘yin nomi: “Samoviy mamlakat darvozasi”
17-may Tasavvur o‘yinlari. O‘yin nomi: "Diksit"
24-may Mavzu: Hamkorlikdagi vazifalar. O‘yin nomi: “Pazandachilik olami”
31-may Mavzu: Strategik o‘yinlar. O‘yin nomi: “Karkasson o‘yinlari”
Boshlovchi: Laziza Tursunova
Asosiy qoidalarni o‘rganamiz, donalarni yurishni o‘rganamiz hamda ilk partiyalarni o‘ynaymiz. Shaxmat mantig‘ini tahlil qilamiz, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va yurishlarni oldindan ko‘rishni o‘rganamiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida, har hafta o‘tkaziladi.
2-may
16-may
23-may
Boshlovchi: Shaxmat ixlosmandi Shahobiddin Rasulov
To‘garaklar faoliyatini boshlash
Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz.
Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchi ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.
Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.