31-mart kuni kutubxona yopiq bo‘ladi. Har oyning oxirgi seshanbasi – tozalik kuni.
To‘garaklar

To‘garaklar

To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz o‘qiymiz, muhokama qilamiz, o‘yin o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz

Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, ularga bir marta yoki doimiy ravishda kelishingiz mumkin. Mutolaa, stol o‘yinlari va mavzuli to‘garaklarga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Ishtirok etish bepul — oldindan ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Har oyda biz mutolaa uchun yangi kitoblarni kashf etamiz, o‘yin va mavzuli to‘garaklarning ssenariylarini yangilaymiz. Jadval oyda bir marta e’lon qilinadi.

KITOB TO‘GARAKLARI

O‘zbek tilida kitob to‘garagi
(0–5)

Juma kunlari, 11:00–11:30
Kichik transformer zali

Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.

10-aprel
Kitob nomi: “G‘aroyib jonivorlar: o‘rmon sarguzashtlari”. Mualliflar: Toni Mitton va Ant Parker
Qushcha, sichqon va quyon bilan Shimoliy Amerika ignabargli o‘rmoni bo‘ylab sayr qilamiz va ajoyib jonivorlarni uchratamiz.

24-aprel
Kitob nomi: “G‘aroyib jonivorlar: okeandagi sarguzasht”. Mualliflar: Toni Mitton va Ant Parker
Qushcha, Sichqon va Quyon ishtirokida dengiz jonzotlari bilan uchrashish uchun Tinch okeanining Shimoliy qismidagi suvlari tomon yo‘l olamiz.

Boshlovchi: Nigora Rahimova

O‘zbek tilida kitob to‘garagi
(6–10)

Shanba kunlari, 13:00–14:00
Kichik transformer zali

Bolalar kitoblarini o‘zbek tilida o‘qiymiz, kitoblardagi vaziyatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz va o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.

4-aprel
Kitob nomi: “Soy bo‘yida”, muallif: Dinara Mo‘minova
O‘zbek adibasi Dinara Mo‘minovaning atrofimizdagi olamga mehr-muhabbat haqidagi yangi hikoyasi. Tabiat bag‘riga sho‘ng‘ib, bahorgi jilg‘aning tarovatidan bahramand bo‘lamiz.

18-aprel
Kitob nomi: “Quvonch”, muallif: Dinara Mo‘minova
Yo‘l-yo‘lakay sovg‘a-salom yig‘ib, buvisi va bobosining oldiga yugurib borayotgan bola haqidagi hikoya. Uning qo‘lida holva, parvarda, novvot — oila va bolalik haqidagi iliq xotiralarni saqlab qolgan shirinliklar bor.

Boshlovchi: radioboshlovchi Shahzoda Jo‘rayeva

Brayl alifbosidagi kitob to‘garagi
(12+)

Shanba kunlari, 15:00–16:00
Kichik transformer zali

To‘garak Brayl alifbosini yaxshi biladiganlar yoki endigina tanishishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan. Brayl yozuvida lotin imlosida chop etilgan o‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, paypaslab o‘qishni mashq qilamiz, hikoyalar yuzasidan fikr almashamiz, matnlarni sharhlashni o‘rganib, o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Ishtirokchilar taktil materiallar bilan ishlaydilar hamda o‘qish uslubini o‘zlashtiradilar. To‘garak bir oyda bir marta o‘tkaziladi.

4-aprel
Kitob nomi: “Bolalik”, muallif: Oybek

Oybekning bolaligi, oilasi, maktabi va ilk hayot sinovlari haqidagi avtobiografik qissa. Tasavvur qilaylik, kichkina Oybek chang yo‘lda cho‘ntagida tosh bilan chopmoqda, oldinda esa butun boshli umr bor.
 
Boshlovchi: Tiflopedagog Mavluda Karimova

Inglizzabon kitob to‘garagi
(6–10)

Yakshanba kunlari, 13:00–14:00
Kichik transformer zali

Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar to‘qiymiz, rasm chizamiz, o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.

5-aprel
Kitob nomi: “The name game”, mualliflar: Elizabet Leyrd va Oliviya Xolden
Syujet markazida — ulkan, gavjum shaharda istiqomat qiluvchi kichkina qizaloq. Atrofda minglab odam bo‘lishiga qaramay, u o‘z xonadonida o‘zini yolg‘iz va jamiyatdan ajralgan holda his qiladi.

19-aprel
Kitob nomi: “Mini and Hardly and the Big Adventure”, muallif: Ketrin Reyner
Ikki kichkina yakkashoxlar haqidagi hikoyani o‘qiymiz. Ular tezroq ulg‘ayishni orzu qilib, sarguzasht sari yo‘l olishadi, ammo bu yo‘l ular o‘ylagandan ancha murakkab va kutilmagan bo‘lib chiqadi.

Boshlovchi: Laziza Tursunova

Xitoy tilidagi kitob to‘garagi
(6–10)

Yakshanba kunlari, 15:00–16:00
Kichik transformer zali

Xitoy tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, iyerogliflar bilan qiziqarli va tushunarli tarzda tanishamiz. O‘qish, muloqot va ijodiy topshiriqlar orqali so‘z boyligimizni oshiramiz. Xitoy tilida so‘zlashish, hisoblash va yozishni o‘rganamiz, shuningdek, madaniyat hamda zamonaviy Chin yurti haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz. To‘garak o‘zbek va rus tillarida bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.

5-aprel
Kitob nomi: “Easy Steps to Chinese”. Mualliflar: Yamin Ma va Sinin Li
Bahor, tabiat, ob-havo haqidagi so‘zlar bilan tanishamiz. Sodda matnlarni o‘qiymiz, mavsumlar almashinuvi xususida suhbatlashamiz, o‘yin va ijodiy topshiriqlar orqali yangi so‘zlarni o‘rganamiz.

19-aprel
Kitob nomi: “Easy Steps to Chinese”. Mualliflar: Yamin Ma va Sinin Li
San’at va ijod tili haqida bilib olamiz. Rasmli qisqa hikoyalarni o‘qiymiz, ranglar va shakllarni muhokama qilamiz hamda o‘z ijodiy ishlarimizni xitoy tilida tasvirlashga urinib ko‘ramiz.

Boshlovchi: kutubxona xodimi Sevinch Dilshodbekova

Voqeiy hikoyalar to‘garagi
(16+)

Juma kunlari, 18:30–20:00
Kichik transformer zali

Ichkarida va atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarni yaxshiroq idrok etish uchun voqeiy matnlarni o‘qiymiz, g‘oyalarni muhokama qilamiz hamda qaydlar bilan bo‘lishamiz. Kundalik hayotga oid amaliy tavsiyalar izlaymiz, murakkab mavzularni esa keskinlashtirmay va soddalashtirmasdan muhokama qilamiz. To‘garak bir oyda bir marta rus tilida o‘tkaziladi.

24-aprel
Kitob nomi: “Nobrow. Marketing madaniyati. Madaniyat marketingi”. Muallif: Jon Sibruk
Elitar va ommaviy madaniyat o‘rtasidagi chegara yo‘qolgan dunyo qanday dunyo? Amerikalik yozuvchi, jurnalist va “The New Yorker” jurnali muallifi marketing, media va ko‘ngilochar sanoat qay tarzda trendlarni belgilashi hamda didlarni shakllantirishi haqida tadqiqot olib boradi.

Boshlovchi: kontent prodyuseri Diyora Ahmedova

MAVZULI TO‘GARAKLAR

Kuzatuvchanlik to‘garagi
(16+)

Juma kunlari, 18:00–19:00
Kichik transformer zali

Vizual sezgirlik va obrazlarni ma’noli idrok etish haqida suhbatlar. San’at albomlarini o‘rganamiz, reklama kampaniyalarini muhokama qilamiz, filmlardan misollar ko‘rib chiqamiz va ilhom taxtasi bilan ishlashni o‘rganamiz. Diqqat markazida did va tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi jihatlar, mazmun-mohiyat bo‘ladi. To‘garak bir oyda bir marta o‘tkaziladi. 

17-aprel
Kirish uchrashuvi - klub murabbiyi va mavsum dasturi bilan tanishish. Keling, har birimiz vizual dunyoda ko‘rgan narsalarimiz haqida gaplashamiz, sevimli kadrlarimiz, obrazlarimiz va rassomlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz.

Boshlovchi: badiiy rahbar va uslub bo‘yicha mutaxassis Kamilla Ahmad

Munozara to‘garagi
(16+)

Juma kunlari, 15:00–16:00
Kichik transformer zali

So‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalarining rolidan tortib, umumbashariy masalalar va bu jarayonlarda yoshlarning o‘rnigacha bo‘lgan dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzularni muhokama qilamiz. O‘z nuqtayi nazarimizni asoslashni, bir-birimizni tinglashni va tashviqotsiz, fikrni majburan singdirmasdan, hurmat bilan muloqot qurishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

10-aprel
Uchrashuv mavzusi: Did: tanlov yoki ta’sir

Boshlovchi: “Webster” universiteti xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi Shirinabegim Muhammadjonova

Kompyuter savodxonligi to‘garagi
( 50+)

Shanba kunlari, 14:00–15:30
Ish markazi zali

Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

18-aprel
Boshlovchi:
AT bo‘yicha mutaxassis Joshkin Matchanov

Raqamli savodxonlik to‘garagi
(10+)

Shanba kunlari, 12:00–13:30
Ish markazi zali

Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
 
19-aprel
Boshlovchi:
AT bo‘yicha mutaxassis Joshkin Matchanov

Robototexnika to‘garagi
(12+)

Yakshanba kunlari, 14:00–16:00
Ish markazi zali

Robototexnika asoslari bilan tanishib, oddiy mexanizmlar va dasturlanadigan qurilmalarni yaratishni o‘rganamiz. Sezgichlar, motorlar va algoritmlar qanday ishlashini tushunib olamiz, nusxalarning yig‘ilishini o‘z qo‘limiz bilan bajarib, ularni amalda sinaymiz – bularning barchasi qo‘llab-quvvatlovchi va izlanishga yo‘naltirilgan muhitda bo‘ladi. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

26-aprel
Boshlovchi:
AT bo‘yicha mutaxassis Joshkin Matchanov

Sahna nutqi to‘garagi
(6–10)

Shanba kunlari, 13:00–14:00
Kichik transformer zali

Ifodali va ishonch bilan o‘qishni o‘rganamiz, artikulyatsion gimnastika, nafas mashqlari hamda tez aytishlar bilan tanishamiz. Ohang ustida tajribalar o‘tkazamiz, turli hissiy urg‘ular bilan matnlarni o‘qiymiz va kichik nutqiy etyudlar qo‘yamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

11-aprel
Uchrashuv mavzusi: “Ohang va ma’no: matn mazmunini taqdimot orqali o‘zgartirish”

Boshlovchi: radioboshlovchi Shahzoda Jo‘rayeva

O‘YINLI TO‘GARAKLAR

Stol o‘yinlari to‘garagi
(6–10)

Shanba kunlari, 16:00–17:30 
Kichik transformer zali

Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish, murosaga kelish hamda jamoa bo‘lib ishlash muhim bo‘lgan strategiyalargacha tanishamiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.

4-aprel Mavzu: Sayr o‘yinlari. O‘yin nomi: “Ella va Totoshkaning sarguzashtlari”
11-aprel Mavzu: Taktik o‘yinlar. O‘yin nomi: “Grogu va qurbaqacha poyga”
18-aprel Mavzu: Strategiyalar. O‘yin nomi: “Karkasson Junior”
25-aprel Mavzu: Tezlik va diqqatni oshiruvchi o‘yinlar. O‘yin nomi: “Uch mushuk: Suratlar durdonasi”

Boshlovchi: Laziza Tursunova

O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi
(11+)

Yakshanba kunlari, 16:00–17:30
Kichik transformer zali

Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2–3 xil stol o‘yinlari o‘tkaziladi.

5-aprel Mavzu: Hamkorlikda bajariladigan topshiriqlar. O‘yin nomi: O‘rmon sirlari
12-aprel Mavzu: Strategik o‘yin: Nyu-York hayvonot bog‘i
19-aprel Taktik o‘yinlar. O‘yin nomi: “Kalimala”
26-aprel Mavzu: Hamkorlikda bajariladigan topshiriqlar. O‘yinlar nomi: “Beng! Yulduzlar jangi”

Boshlovchi: Laziza Tursunova

Shaxmat to‘garagi
(6–10)

Shanba kunlari, 14:00–15:00
Majlislar zali

Asosiy qoidalarni o‘rganamiz, donalarni yurishni o‘rganamiz hamda ilk partiyalarni o‘ynaymiz. Shaxmat mantig‘ini tahlil qilamiz, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va yurishlarni oldindan ko‘rishni o‘rganamiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida, har hafta o‘tkaziladi.

4-aprel
11-aprel
18-aprel
25-aprel

Boshlovchi:
Shaxmat ixlosmandi Shahobiddin Rasulov

Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.