To‘garaklar
To‘garaklar kutubxonadagi muntazam uchrashuvlar bo‘lib, u yerda biz o‘qiymiz, muhokama qilamiz, o‘yin o‘ynaymiz va mavzularni o‘rganamiz
Mutolaa, suhbat, stol o‘yinlari va mavzuli to‘garaklarga bag‘ishlangan kutubxona to‘garaklari muntazam o‘tkaziladi va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq. Har bir uchrashuv alohida tadbir bo‘lib, ularga bir marta yoki doimiy ravishda kelishingiz mumkin. Ishtirok etish bepul — oldindan ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Har oyda biz muloqot to‘garaklariga mavzularni tanlaymiz, mutolaa uchun yangi kitoblarni kashf etamiz, o‘yin va mavzuli to‘garaklarning ssenariylarini yangilaymiz. Jadval oyda bir marta e’lon qilinadi.
KITOB TO‘GARAKLARI
Ingliz tilida kitob to‘garagi
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
6-mart
Kitob nomi: “I love you Mom”, muallif Donald Vu
Kichkina ayiqchaning ona ayiqqa bo‘lgan mehri haqidagi ta’sirli hikoya.
20-mart
Kitob nomi: “The very hungry caterpillar”, muallif Erik Karl
Mazmuni sodda: ko‘m-ko‘k o‘tloqda mitti tuxumdan qurtcha paydo bo‘ladi. U kun sayin turli noz-ne’matlardan tatib ko‘rib, ulg‘ayadi. Ritmik matn va kollaj uslubidagi tasvirlar esa kitobni dunyodagi eng mashhur bolalar rasmli kitoblaridan biriga aylantirgan.
Boshlovchi: maktabgacha ta’lim mutaxassisi, kutubxona xodimi Iroda Oripova
O‘zbek tilida kitob to‘garagi
Pedagoglar va kutubxonamiz xodimlari bilan rasmli kitoblarni o‘qiymiz, qisqa hikoyalarni muhokama qilamiz, tinglashni, munosabat bildirishni o‘rganamiz hamda kitobga bo‘lgan ilk ishonchni shakllantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi. Ota yoki onaning ishtirok etishi shart.
13-mart
Kitob nomi: “You’re My little Cuddle Bug”, Nikola Edvards
Kichik hasharotlar va ularning ota-onalari haqidagi ta’sirli hikoya, u orqali mehr, g‘amxo‘rlik va yaqinlik tuyg‘ulari haqida so‘z yuritiladi.
27-mart
Kitob: “Two Little Dickie Birds”, muallif Rassel Panter
Bolalarning mashhur sanoq o‘yini asosida rasmli kitobcha. Bir maromdagi takrorlashlar va imo-ishoralar mutolaani quvnoq o‘yinga aylantiradi, unga kichkintoylar berilib kirishadilar.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Nigora Rahimova
Bolalar kitob to‘garagi
O‘zbek tilidagi bolalar kitoblarini o‘qiymiz, kitoblardagi holatlarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz, o‘qiganlarimiz haqida so‘zlab berishni o‘rganamiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
7-mart
Kitob nomi: “Mening sevgim”, muallif: Astrid Debord va Polin Marten
Yaqinlaringizning e’tibori, g‘amxo‘rligi va mavjudligi o‘zingizni kerakli hamda sevimli his qilishingizga qanday yordam berishi haqidagi mehrli va nafis hikoya.
Boshlovchi: radioboshlovchi va kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva
Brayl alifbosidagi kitob to‘garagi
To‘garak Brayl alifbosini yaxshi biladiganlar yoki endigina tanishishni boshlaganlar uchun mo‘ljallangan. Brayl yozuvida lotin imlosida chop etilgan o‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiymiz, paypaslab o‘qishni mashq qilamiz, hikoyalar yuzasidan fikr almashamiz, matnlarni sharhlashni o‘rganib, o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Ishtirokchilar taktil materiallar bilan ishlaydilar hamda o‘qish uslubini o‘zlashtiradilar. To‘garak bir oyda bir marta o‘tkaziladi.
7-mart
Mavzu: “Dunyoning ishlari”, muallif O‘tkir Hoshimov
Voyaga yetish, oilaviy qadriyatlar haqida novellalar turkumi. Onaning g‘amxo‘rligi va madadining ahamiyati, biz bilan bir umrga qoladigan mehribonlik hamda insoniylik saboqlari haqida suhbatlashamiz.
Boshlovchi: Tiflopedagog Mavluda Karimova
Ingliz tilida kitob to’garagi
Qiziqarli kitoblar o‘qiymiz, hikoyalar o‘ylab topamiz, rasm chizamiz, o‘ynaymiz va ingliz tilini ijodiy hamda jonli tarzda o‘rganamiz. O‘yin, tasavvur va bog‘lanishlar orqali ingliz tili leksikasi olamiga sho‘ng‘iymiz. Nutq, tafakkur va kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatni rivojlantiramiz. To‘garak bir oyda ikki marta o‘tkaziladi.
1-mart
Kitob nomi: “Kasalxona iti”, muallif: Julia Donaldson va Sara Ogilvi
Kichkina bemorlarni ko‘rgani borib, ularga qiyinchiliklarni osonroq yengishga yordam beradigan kasalxona iti haqidagi iliq hikoya. E’tibor, g‘amxo‘rlik va yelkadoshlik tasalli berishi va ko‘ngilni ko‘tarishi haqida suhbatlashamiz.
15-mart
Kitob nomi: “Bog‘dagi o‘rmon”, muallif: Elen Druver
Tom ismli bolakay kapalak ortidan bog‘ga yo‘l oladi va to‘satdan butun boshli sarguzashtlar olamini kashf etadi: ko‘rimsiz orqa hovli haqiqiy changalzorga aylanadi. Bu tasavvur kuchi, tabiatga e’tibor bilan qarash hamda tanish makon unga sinchilab nazar solinsa, qanday jonlanishi mumkinligi haqidagi hikoyadir.
29-mart
Kitob nomi: “What do you do with an Idea?”, muallif Kobi Yamada
O‘z g‘oyalarida salohiyatni topishni va ularni rivojlantirishni o‘rganayotgan bola haqidagi hikoya. Ijodiy niyatlar qanday qilib o‘sishi va dunyoni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan katta hamda ahamiyatli narsaga aylanishi mumkinligini muhokama qilamiz.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Xitoy tilida kitob to‘garagi
Xitoy tilidagi kitoblarni mutolaa qilamiz, iyerogliflar bilan qiziqarli va tushunarli tarzda tanishamiz. O‘qish, dialoglar va ijodiy topshiriqlar orqali so‘z boyligimizni oshiramiz, xitoy tilida gapirish, hisoblash va yozishni o‘rganamiz, shuningdek, madaniyat va zamonaviy Xitoy haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz. To‘garak o‘zbek va rus tillarida oyiga ikki marta o‘tkaziladi.
1-mart
Kitob: “Xitoy tiliga oson qadamlar”, mualliflar: Yamin Ma va Xinying Li
Salomlashishni, 1 dan 5 gacha sanashni o‘rganamiz. Birinchi so‘zlarimizni o‘qiymiz, atrofimizdagi buyumlarni sanaymiz va raqamlarni iyerogliflar bilan yozishni o‘rganamiz.
15-mart
Kitob: “Xitoy tiliga oson qadamlar”, mualliflar: Yamin Ma va Xinying Li
Xitoyda bahor qanday kutib olinishi bilan tanishamiz, bir-birimizni Navro‘z bilan tabriklashni o‘rganamiz, tabiat va yangilanish haqidagi so‘zlarni yodlab, xitoy iyerogliflari tushirilgan bahor tabriknomasini tayyorlaymiz.
Boshlovchi: kutubxona xodimi Sevinch Dilshodbekova
Voqeiy hikoyalar to‘garagi
Ichimizda va atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarni yaxshiroq tushunish uchun voqeiy matnlarni o‘qiymiz, g‘oyalarni muhokama qilamiz va qaydlar bilan bo‘lishamiz. Kundalik hayotga oid amaliy tavsiyalar izlaymiz, murakkab mavzularni esa keskinlik va soddalashtirishlarsiz muhokama qilamiz. To‘garak oyiga bir marta rus tilida o‘tkaziladi.
27-mart
Birinchi uchrashuvda tanishamiz, kitobxonlik tajribamizni baham ko‘ramiz, qaysi mavzular bizga ma’qul kelishini muhokama qilamiz va mavsum uchun uchrashuvlar rejasini birgalikda belgilaymiz.
MAVZULI TO‘GARAKLAR
Munozaralar to’garagi
So‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalarining rolidan tortib, umumbashariy muammolar va bu jarayonlarda yoshlarning roligacha bo‘lgan dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzularni muhokama qilamiz. O‘z nuqtayi nazarimizni asoslashni, bir-birimizni tinglashni va tashviqotsiz, fikrni majburan singdirmasdan hurmat bilan muloqot qilishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
13-mart
Uchrashuv mavzusi: “Insonlar an’analarni o‘zgartiradimi yoki an’analar insonlarni shakllantiradimi?”
Boshlovchi: kutubxona xodimi Shirinabegim Muhammadjonova
Kompyuter savodxonligi to‘garagi
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni, onlayn xizmatlar bilan ishlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
14-mart
Boshlovchi: Kutubxona xodimi Jo‘shqin Matchanov
Raqamli savodxonlik to‘garagi
Raqamli vositalar bilan tanishamiz va kundalik hayotda texnologiyalardan ishonch bilan foydalanishni o‘rganamiz. Xotirjam va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda savollar berishni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali ma’lumot izlashni va raqamli muhitni tushunishni o‘rganamiz. To‘garak har oyda bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
15-mart
Boshlovchi: Kutubxona xodimi Jo‘shqin Matchanov
Sahna nutqi
Ifodali va ishonch bilan o‘qishni o‘rganamiz, artikulyatsion gimnastika, nafas mashqlari va tez aytishlar bilan tanishamiz. Ohang ustida tajribalar o‘tkazamiz, turli hissiy urg‘ular bilan matnlarni o‘qiymiz va kichik nutqiy etyudlar qo‘yamiz. To‘garak har ikki haftada bir marta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
14-mart
Uchrashuv mavzusi: o‘zbekcha sanoq va payrov o‘yinlari
28-mart
Uchrashuv mavzusi: harakatdagi hikoya; imo-ishora va yuz ifodalari bilan o‘qish
Boshlovchi: radioboshlovchi va kutubxona xodimi Shahzoda Jo‘rayeva
O‘YINLI TO‘GARAKLAR
Stol o‘yinlari to‘garagi
Turli xil stol o‘yinlari bilan: “sayr”lar-u hamkorlik sarguzashtlaridan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish, murosaga kelish hamda jamoa bo‘lib ishlash muhim bo‘lgan strategiyalargacha tanishamiz. O‘ynaymiz, muloqot quramiz va muhim ko‘nikmalarni rivojlantiramiz. To‘garaklar har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kutubxona to‘plamidan o‘yinlarni tanlab oladilar va 2-3 ta stol atrofiga taqsimlanadilar. Bitta uchrashuvda bola 2-4 ta o‘yin o‘ynashi mumkin.
7-mart
Mavzu: Tezlik va e’tibor o‘yinlari. O‘yin: “Mushuklar va boyqushlar”
14-mart
Mavzu: Navro‘z. O‘yin: “Besh tosh”
28-mart
Mavzu: Strategiyalar. O‘yin: “Dinozavrcha”
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi
Shaharlar qurilishi va strategiyalardan tortib, izquvar surishtiruvlar va syujetli sarguzashtlargacha bo‘lgan stol o‘yinlari dunyosini tadqiq etamiz. Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqamiz, turli janrlarni sinab ko‘ramiz, strategik fikrlashni mashq qilamiz va do‘stona muhitda o‘ynaymiz. To‘garak har hafta o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshida bolalar o‘yinlarni o‘zlari tanlaydilar, so‘ngra parallel ravishda 2–3 xil stol o‘yinlari o‘tkaziladi.
1-mart
Mavzu: Hamkorlikdagi muhim vazifalar. O‘yin: “Alias”
15-mart
Mavzu: Navro‘z. O‘yin: “Besh tosh”
29-mart
Taktik o‘yinlar. O‘yin: “Kartograflar”
Boshlovchi: kutubxona xodimi Laziza Tursunova
Shaxmat to‘garagi
Asosiy qoidalarni o‘rganamiz, donalarni yurishni o‘rganamiz va ilk partiyalarni o‘ynaymiz. Shaxmat mantig‘ini tahlil qilamiz, strategik fikrlashni rivojlantiramiz va yurishlarni ko‘rishni o‘rganamiz. Uchrashuvlar o‘yinni endi o‘rganayotganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida, har hafta o‘tkaziladi.
1-mart
15-mart
29-mart
Boshlovchi: Shaxmat ixlosmandi va kutubxona xodimi Shahobiddin Rasulov
To‘garaklar faoliyatini boshlash
TO‘GARAKNI FAOLIYATINI BOSHLASH
Kutubxonadagi to‘garaklar ijara yoki bir martalik uchrashuvlar emas, ular dasturning uzviy qismidir. To‘garaklarni kutubxona xodimlari yoki taklif etilgan mehmonlar olib boradi. Biz to‘garaklarga qiziquvchanlik, hamjihatlikdagi tajriba va madaniy muloqot makoni sifatida qaraymiz. Kutubxonada ochiqlik, kitobxon tajribasiga hurmat, dunyoga qiziqish va e’tibor qadriyatlarini baham ko‘radigan boshlovchiyu ixlosmandlar jamoasi shakllanadi. Biz davriy ravishda yangi boshlovchilarni taklif etamiz: agar insonda yaxshi to‘garak g‘oyasi va uni muntazam olib borish ishtiyoqi bo‘lsa, u ushbu jamoa safiga qo‘shilishi hamda jamoatchilik dasturi doirasida o‘z yo‘nalishini rivojlantirishi mumkin.
Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi, joylar soni cheklangan. Barcha savollar yuzasidan biz bilan telefon, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardagi @acdflibrary manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.